BBC navigation

O‘zbekistonda tanqis gaz Xitoyga yetkazila boshlangan

Сўнгги янгиланиш 14 сентябр 2012 - 13:11 GMT

O‘tgan bir necha qish mavsumi chog‘ida O‘zbekistonda keskin gaz va yoqilg‘i taqchilligi kuzatilgan.

AQShda chop etiluvchi Vashington Post gazetasidagi maqolaga ko‘ra, O‘zbekistonning energiyaga chanqoq Xitoyga tabiiy gazni muntazam ravishda yetkaza boshlagani Rossiyaning asabini qo‘zg‘ashi va ichki bozordagi iste‘molchilarni norozi qilishi mumkin.

Sho‘ro tizimi qulaganidan beri Rossiyaning Gazprom shirkati o‘zbek gaz eksportlari sohasida monopoliyaga ega bo‘lib kelayotgandi.

O‘zbek gazining Xitoyga yetkazilishi avgust oyida boshlangan. Bu haqida chorshanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Bosh Vaziri muovini Xyu Lyangyu o‘rtasidagi uchrashuvda ma‘lum qilingan.

Uchrashuvda yetkazilayotgan gaz miqdori ochiqlanmagan, lekin Vashington Postga ko‘ra, o‘tgan bir necha qish mavsumlari davomida gaz va yoqilg‘i tanqisligidan qattiq qiynalgan o‘zbekistonliklar bu eksportdan mamnun bo‘lmasliklari tayin.

Gaz taqchilligi O‘zbekiston bo‘ylab qator viloyat hokimlarining aholini issiqlik uchun o‘tin yig‘ishga undashiga sabab bo‘lgan.

UzA axborot agentligi xabar qilishicha, Xitoy va O‘zbekistonni bog‘lovchi quvurlar tarmog‘ining uchinchi bosqichi yaqinda yakunlansa, Markaziy Osiyodan sotiladigan milliy gazning miqdori yanada oshadi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.