BBC navigation

Ikki jigari qulikka tushgan onaizor hikoyasi

Сўнгги янгиланиш 14 сентябр 2012 - 16:06 GMT

Икки жигари қулликка тушган онаизор ҳикояси

Меҳмонжон аянинг икки набираси қулликка тушиб, бедарак кетган ва бир йилдан сўнг жароҳатлар билан уйга қайтишган. Би-би-си ушбу муаммо юзасидан мунозарага таклиф этади: Ўзбекистон фуқароларининг қуликка тушиб қолишларига қандай омиллар сабаб?

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

AQSh Davlat Departamenti ma‘lumotlariga binoan, odamlarni qul qilib sotish va sotib olish jahon bo‘ylab yirik biznesga aylangan.

Har yili 27 million odam majburiy mehnat va fohishalikka majburlanadi.

O‘zbekiston xalqaro hisobotlarda odam savdosi manba‘laridan bo‘lgan davlat sifatida tilga olinadi.

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston odam savdosiga qarshi kurashga doir qator qonunlarni qabul qilgan va poytaxt Toshkent hamda yirik shaharlarda odam savdosidan ogoh bo‘lishga chaqiruvchi ko‘p sonli lavhalarga ko‘zingiz tushadi.

Ammo kuzatuvchilarga ko‘ra, mamlakatdagi ommaviy ishsizlik o‘zbekistonliklarni butun xavfu-xatarlarga qaramay, Rossiya va Kozog‘iston singari davlatlardan ish izlashga majbur qilmokda.

Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi Mehmonjon ayaning ikki nabirasi Moskva yaqinida qullikka tushib, bedarak ketgan va bir yildan so‘ng jarohatlar bilan uyga qaytishgan.

Ayaning aytishicha, ikki nabirasini noinsoniy sharoitlarda ushlab, kunu-tun ishlashga majburlaganlar. Norozilik bildirgan vaqtlari qattiq kaltaklaganlar.

Mehmonjon aya 14 oy mobaynida nabirlaridan biron xabar bo‘lmagan vaqtda juda azobda bo‘lgan.

BBC bilan suhbatda Mehmonjon aya nabiralarini sotib yuborgan odamlarning jazosiz qolayotganligini aytdi.

BBC ushbu muammo yuzasidan munozaraga taklif etadi: O‘zbekiston fuqarolarining qulikka tushib qolishlariga qanday omillar sabab?

Siz bu kabi holatni boshdan kechirganmisiz? Yo guvoh bo‘lganmiz?

Bu borada fikr-mulohazalaringizni uzbek@bbc.co.uk elektron pochta manziliga yoda quyidagi maxsus forma orqali yuborishingiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.