BBC navigation

"Shayton suralari" muallifining yangi asari nashrdan chiqdi

Сўнгги янгиланиш 17 сентябр 2012 - 15:18 GMT

20 yil muqaddam chop etilgan asari musulmonlar orasida katta noroziliklarga sabab bo‘lgan Salmon Rushdiyning yangi kitobi "Jozef Anton", deb nomlanadi.

Bu kitobda asli hindistonlik, ammo uzoq yillardan beri Buyuk Britaniyada muhojiratda yashayotgan yozuvchining hayoti va unga chiqarilgan o‘lim fatvosi haqida so‘z boradi.

"Shayton suralari" asari sabab Salmon Rushdiyni Eron ruhoniy rahbarlari o‘limga mahkum etishgan.

Musulmonlarning o‘sha paytdagi noroziliklari ham so‘z erkinligi va diniy ehtiroslar to‘qnashuvi sifatida talqin etilgandi.

Yangi asarining chop etilishi manzarasida yozuvchi Salmon Rushdiy Amerikada ishlangan aksilislomiy filьm yuzasidan bir necha kundan buyon davom etayotgan norozilik namoyishlari sababini mana bunday izohlagan:

Salmon Rushdiy: Menimcha, biz Liviyada kechgan so‘nggi voqealarga oid ko‘proq ma‘lumotga ehtiyoj sezmoqdamiz. Arab bahoridan keyin qiziq bir holat o‘rtaga chiqmoqda - salafiylar harakati jonlanib ketdi. Salafiylar Islom jamoasi orasida eng mutaassiblaridan sanaladi. Aslida qolgan islomiy jamoalar salafiylardan, bir ma‘noda, hatto qo‘rqishadi ham. Yana qiziq tomoni shuki, Beng‘ozida biz ko‘rgan bayroq "Al-Qoida" tarmog‘i ishlatadigan bayroqdir. Shuning uchun ham odamlar bu ahmoqona videofilmdan g‘azabga tushishgani uchun ko‘chaga chiqishmoqdami va yo buning boshqa bir sabablari bormi - bizga bu qorong‘u.

Savol: Siz o‘z xotiralaringizda Hindistonga muhabbat, Pokistonga, ta‘bir joiz bo‘lsa, bir ma‘noda nafrat izhor etasiz. Pokiston haqida so‘rasam, ayniqsa, u yerdagi shirk haqidagi qonun borasida...Ayting-chi, Islom haqidagi bahsu munozaralar bir guruhning izmiga tushib qoldimi? Bahs qilish qudrati kimda hozir?

Salmon Rushdiy: Hamma gap mana shunda,..kimga bunday qudrat berilgan degan savolda. Mening asarim "Shayton suralari" bilan ham shunday bo‘lgandi. Bu savolga javob esa oddiy va yana savol bilan... Siz qanchalar ozod jamiyatda yashaysiz ? Chunki ozod jamiyatda bizning hammamiz bo‘lgan voqealarga munosabat bildirishga haqlimiz va bu qudratga egamiz. Biz bo‘lib o‘tgan voqealarni gapirib berish, tahlil qilish va ularni talqin qilishimiz ozod jamiyatning asoslaridan biridir. Ammo agar hukumat va yo qudratdagilar yo‘q, faqat bizgina bu voqeaga baho beramiz, bu voqeani bizgina sizga aytib beramiz deyishi bilan bu mamlakat istibdod o‘lkasiga aylanadi. Pokiston esa ana shu yo‘ldan ketmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.