BBC navigation

Tojikistonlik taniqli olim Muhammadjon Shakuriy vafot etdi

Сўнгги янгиланиш 17 сентябр 2012 - 13:19 GMT

Tojikistonlik taniqli olim Muhammadjon Shakuriy 87 yoshida Dushanbedagi Ibn Sino shifoxonasida hayotdan ko‘z yumgan.

So‘nggi kunlar, prostata bezi saratoniga chalingan olimning ahvoli og‘irlashgani xabar qilingandi.

Tojik tili va madaniyatini rivojlanishida ulkan hissa qo‘shgan Muhammadjon Shakuriy 1925 yil Buxoroda tavallud topgan.

Da‘vo qilinishicha, u tojik ziyolilariga nisbatan kuchlangan bosimlar ostida o‘z ona vatanini tark etishga majbur bo‘lgan.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, uni 1980 yillarda yozilgan "Har so‘z va nuqtaning o‘z joyi bor" asari mashhur qilgan va bu kitob bir necha bor qayta bosmadan chiqqan. Shuningdek, Shakuriy "Bu Xurosondir", "Tilimiz-borligimiz" va "Buxoro inqilobi fitnasi" kabi kitoblar muallifi hamdir.

Olim O‘rta Osiyo mintaqasida eng yirik lug‘at kitobi hisoblangan "Tojik tilining izohli lug‘ati" ni nashrga tayyorlashda katta hissa qo‘shgan.

Muhammadjon Shakuriy 1989 yil - Sho‘rolar tuzumi so‘nggi davrlarida tojik tiliga davlat tili maqomi berilishiga katta hissa qo‘shgan.

Shakuriy janoblari tayyorlagan til to‘g‘risidagi qonun o‘sha yili tasdiqdan o‘tgan.

Ko‘plab ilmiy maqolalar va risolalar muallifi Muhammadjon Shakuriy 1996 yili Eron Til va adabiyot Akademiyasining doimiy a‘zosi sifatida qabul qilingan. Shuningdek, u "Mangu qoluvchi chehralar" unvoniga sazovor bo‘lgan ilk tojik shaxsiyatlaridan biri bo‘lgan.

BBC Fors Xizmati taniqli Tojik olimi, akademik Muhammadjon Shakuriy haqida "Joni Dilafro‘z" deb nomlangan hujjatli film ishlagandi.

Yaqinlariga ko‘ra, Muhammadjon Shakuriy dushanba kuni dafn etilishi kutilmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.