BBC navigation

Gurjiston qamoqxonlaridagi qiynoqlar oshkor bo‘ldi

Сўнгги янгиланиш 19 сентябр 2012 - 11:34 GMT

Gurjiston qamoqxonasidagi qiynoqlar oshkor bo‘lganidan so‘ng odamlar norozilik bildirib ko‘chalarga chiqdilar.

Tbilisidagi qamoqxonlardan birida maxbuslarni haqoratlash va qiynoqqa tutish hollari oshkor bo‘lishi ortidan Jazoni Ijro Etish vaziri iste‘foga chiqdi.

Tbilisidagi 8 -sondagi Gldansk qamoqxonasida maxbuslarga nisbatan noinsoniy munosabat tushirilgan videtasmaning ba‘zi qismlari seshanba kuni vazirlik tomonidan oshkor qilingandi.

Ichik Ishlar Vazirligi bu videotasmaning to‘liq shakli emasligini tan olib, qolgan qismlari ommaga namoyish qilish uchun nomaqbul ekanligini aytgandi.

Lekin sal o‘tmay Gurjistondagi qator telekanallar maxbuslarning shafqatsiz kaltaklanishi va zo‘rlangani tushirilgan video qismlarini ham namoyish qildilar.

Shundan so‘ng poytaxt Tbilisi doxil Kutaisi, Zugdidi, Batumi kabi shaharlarda odamlar norozilik bildirib ko‘chalarga chiqdilar.

Gurjiston prezidenti Mixail Saakashvili o‘z munosabatini bildirar ekan, qamoqxondagi vaziyat uni dahshatga solgani, bu amallarda aybdorlarning o‘zlari qamoqxonada uzoq yillar o‘tkazishlarini aytgan.

Iste‘foga chiqqan vazir Xatuna Kalmaxelidzening bayonotida aytilishicha, u jazoni o‘tash tizimidagi ahvol Ovro‘po standartlariga mos kelishi uchun qo‘lidan kelgan choralarni ko‘rib kelgan.

"Lekin ko‘rinishicha, bu kabi holatlar ro‘y bergan bo‘lsa bu choralar yetarli bo‘lmagan. Men bundan juda afsusdaman. Bu amallar kim tomonidan uyushtirilgani va amalga oshirilganining hech ham ahamiyati yo‘q", deyiladi vazir bayonotida.

Maxbuslarga noinsoniy munosabatda bo‘lishda gumon qilingan qator shaxslar hibsga olingan.

Gurjiston Ichki Ishlar Vazirligiga ko‘ra, Gldansk qamoqxonasi xavfsizligi rahbari, kontroleri va inspektoriga rasman ayblovlar qo‘yilgan. Qamoqxonaning yana bir xodimiga nisbatan qidiruv e‘lon qilingan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.