BBC navigation

Rossiya Qirg‘izistonning qarzlaridan voz kechdi

Сўнгги янгиланиш 20 сентябр 2012 - 10:58 GMT

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qirg‘izistonga safari chog‘ida ikki davlat rahbarlari kelishuviga binoan rasmiy Bishkek Rossiyaga to‘lashi kerak bo‘lgan 489 million dollar qarz bekor qilingan.

Hujjat Qirg‘iziston Iqtisod vaziri Olga Lavrova va Rossiya Iqtisod vaziri o‘rinbosari Sergey Storchak tomonidan imzolangan.

Kelishuv hujjatiga asosan, 2009 yil hisobidan qolgan 300 million dollar va 2005 yil olingan 189 million dollar mablag‘ Qirg‘iziston hisobida qoladigan bo‘lgan.

189 million dollar qarz to‘liq hisobda bekor qilingani, 2009 yilgi qarz kichik hisoblar bilan 2016 yildan qisqartirib borilishi ma‘lum qilingan.

Vladimir Putin va Almazbek Atambayevning o‘zaro muzokaralarida Rossiya harbiy bazasining Qirg‘izistonda qolish muddati va maqomi borasida hujjat imzolangan.

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan norozilikka sabab bo‘layotgan Qambarota GES loyihasi ham muhokama qilingan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.