BBC navigation

Pokistonda antiislomiy filmga qarshi namoyishlar bo‘lmoqda

Сўнгги янгиланиш 21 сентябр 2012 - 14:21 GMT

Pokiston hukumati odamlarni tinch namoyishga chaqirganiga qaramasdan, politsiya va g‘azablangan olomon o‘rtasida to‘qnashuvlar kelib chiqqan

Dunyoning qator musulmon davlatlarida Amerikada ishlangan antiislomiy filmga qarshi namoyishlar oldidan xavfsizlik kuchlari jangovor holga keltirib qo‘yilgan.

Pokiston rasmiylariga ko‘ra, "Muhammad payg‘ambarga muhabbat kuni" da boshlangan tartibsizliklarda allaqachon ikki kishi qurbon bo‘lgan.

AQSh Barak Obama va Hillari Klintonning film haqidagi chiqishi tashviqoti uchun Pokiston televideniyesiga pul to‘lagan.

AQSh Davlat departamentiga ko‘ra, ushbu 30 soniyalik klipni Pokiston telekanallarida aylantirish Amerika uchun 70 ming dollarga tushgan.

Oq uy rahbarlari murojaatida aytilishicha, "jirkanch" film Amerika hukumatining buyurtmasi bilan ishlanmagan va va bo‘layotgan zo‘ravonliklarni hech ham oqlab bo‘lmaydi.

Namoyishchilarning asosiy g‘azabi Amerikaga qaratilgan bo‘lsada, olomon Muhammad payg‘ambarni karikaturasini yana bosib chiqargan frantsuz jurnaliga qarshi nafratga to‘lib-toshgan.

Pokistonda g‘azablangan olomon Peshavordagi ikki kinoteatrga hujum qilishgan. Bir kishi halok bo‘lgan. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun o‘q ochishi natijasida sakkiz kishi yaralgani aytilmoqda.

Politsiya va namoyishchilar orasida to‘qnashuvlar Ravalpindi, Laxor va Karachida ham bo‘lib o‘tgan.

Poytaxt Islomobodda odamlar shaharning diplomatik binolari joylashgan qismiga qarab yurishgan. U yerda ham to‘qnashuvlar bo‘lgani xabar qilingan.

Mamlakatning barcha siyosiy partiyalari va diniy idoralari namoyishga qo‘shilganlar.

Pokiston hukumati odamlarni tinch namoyishlarga chaqirgan. Butun mamlakatda xavfsizlik nuqtai nazaridan mobil aloqa xizmati uzib qo‘yilgani aytilgan.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Xon Rabboniy Xorning Assosheyted Pressga aytishicha, muborak juma kunida namoyishlar rejalangani turli ekstremistik kuchlarga namoyishni AQShga qarshi nafrat tomoshasiga aylantirmasliklari uchun muhimdir.

Payshanba kuni Islomoboddagi Amerika elchiligi oldida namoyishlarni nazoratga solish uchun politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishiga to‘g‘ri kelgan.

Namoyishchilar Prezident Obamaning qo‘g‘irchoqini yoqishgan va politsiyaga qarshi granata otishgan.

Voqea joyida 50dan ortiq kishi yaralangan.

AQSh Detartamenti fuqarolarini Pokistonga har qanday safardan ogohlantirgan.

Charlie Hebdo jurnalida Muhammad payg‘ambar kulgi qilingan surati bosilishi ortidan Frantsiya hukumati 20dan ortiq musulmon damlatlarida o‘z elchixonalarini yopishiga to‘g‘ri kelgan.

Liviya, Misr, Malayziya va boshqa bir qancha musulmon davlatlarida ham juma kuni "Musulmonlar gunohsizligi" antiislomiy filmiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tishi e‘lon qilingan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.