BBC navigation

Bashar al-Assad: Liviya stsenariysi Suriyaga o‘tmaydi

Сўнгги янгиланиш 21 сентябр 2012 - 14:08 GMT

Suriyani tashlab chiqqan qochqinlarning soni 235.000 kishidan ortgan.

Suriya prezidenti Bashar al-Assad bir qancha arab davlatlarida hokimiyat to‘ntarishiga olib kelgan "arab bahori" G‘arb ta‘kidlayotganidek demokratiya va ozodlikka emas, balki butunlay boshboshdoqlikka olib kelganini aytgan.

Misrning "Al-Ahram Al-Arabi" jurnaliga bergan intervьyusida ta‘kidlashicha, Suriyada isyonchilarga Liviya stsenariysini amalga oshirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bashar al-Assad shuningdek, tashqi aralashuv yoxud rahbarlarni qudratdan ketkizish bilan muammoni yechib bo‘lmaydi. Aksincha yagona najot yo‘li bu tomonlarning o‘zaro muloqoti va kelishuvi bo‘lishi mumkin.

Arab dunyosida "Arab bahori" deb nom olgan namoyishlarning inqilobiy to‘lqini 2010 yil 18 dekabrda boshlangan edi.

Tunis, Misr va Liviyada boshlangan inqilobiy harakatlar keyinchalik qator boshqa arab davlatlariga ham tarqalib, minglab odamlar qurbon berildi.

O‘tgan yilning mart oyida Suriyada boshlanib ketgan namoyishlar qonli to‘qnashuvlarga aylanib, rasmiy hisoblarga ko‘ra sakkiz mingga yaqin kishining yostig‘ini quritgan.

Biroq, BMT hisobotiga binoan qurbonlar soni 20 mingdan oshib ketgan.

Suriyaning ikki yirik shahri Damashq va Aleppo(Halab)hukumat qo‘shinlari va jangarilar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgani qochqinlar inqirozini yanada kuchaytirgan.

Agar Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-kitoblariga qaralsa, shu paytgacha qochqinlarning soni 235.000 kishidan ortgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko‘ra, qochqinlar soni ko‘pligidan yordam tashkilotlari yetarlicha jamloqlar tiklay olishmayotir va shu bois ham, vaziyatning izdan chiqib ketishi xavfi paydo bo‘lgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.