BBC navigation

"Rossiya Qirg‘izistonni tashqi tajovuzdan himoya qiladi"

Сўнгги янгиланиш 27 сентябр 2012 - 10:22 GMT

Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya Qirg‘izistonni tashqi harbiy tajovuz va yo terror hujumlaridan himoya qilishi mumkinligini aytgan.

Prezident Atambayevning izohlari Rossiya bilan yangi kelishuvlarga erishilishi ortidan yangragan.

Unga ko‘ra, avval Qirg‘izistonda Rossiya havo bazasini joylashtirishga oid mavjud kelishuvida bunday jumla bo‘lmagan.

Shuningdek, milliy televideniye orqali chiqishida Atambayev janoblari rasmiy Moskva Qirg‘iziston armiyasi uchun harbiy jihozlar yetkazib berishi haqida ham aytgan.

"Ko‘plar 4.5 million dollarlik eng kichik miqdorli ijara haqi haqida gapirishadi. Ammo, biz katta hajmda Rossiyadan zamonaviy qurol olamiz. Armiyamiz Rossiya ko‘magi bilan qayta jihozlanadi", deb aygan Qirg‘iziston rahbari.

"GES quriladi"

Prezident Atambayev O‘zbekistonning ochiq qarshiligiga qaramay, Qambarota-1 GESni qurish rejasi amalga oshirilishini bildirgan.

"Albatta, biz ularning qo‘rquvlarini tushunamiz, ammo biz hamkorlikka tayyor ekanimizni aytayapmiz. Biz hamma narsani ochiq qilamiz. Ammo, bu loyiha amalga oshishi kerak. Biz uni barpo etamiz. Avvalo, biz uchun ochiqchasiga qilamiz. Ikkinchidan, biz kimdir po‘pisa qilsa, qo‘rqadigan mamlakat emasmiz. Hamma buni tushunishi kerak. Biz mustaqil davlatmiz", deb aytgan Qirg‘iziston Prezidenti.

Atambayev janoblariga ko‘ra, Qambarota-1 loyihasi Sho‘rolar davrida Toshkentdagi ilmiy -tadqiqot institutlaridan birida ishlab chiqilgan.

Almazbek Atambayevning aytishicha, loyiha O‘zbekiston uchun ham foydalidir. "Hozir suv qishki mavsumda qo‘yib yuboriladi... Qambarota-1 qurilganidan keyin Qambarotadan chiqarilgan suv To‘qtog‘ulga to‘planadi. Yozda biz o‘zbeklar va qozoqlarni suv bilan ta‘minlashga qodir bo‘lamiz", deb aytgan qirg‘iz rahbari.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov yaqinda Qirg‘iziston va Tojikistonning GESlar qurish rejalariga ishora qilarkan, mintaqada suv tufayli urush kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.