BBC navigation

"Men hamjinsbozman va musulmonman" taqiqlandi

Сўнгги янгиланиш 28 сентябр 2012 - 14:08 GMT

Filmning taqdim etilgan qisqa mazmunida uning "Islom dunyosida hamjinsbozlarning huquqlariga oid" ekani aytiladi

Bishkek mahkamasi "Men hamjinsbozman va musulmonman" filmini "ekstremistik", deb topib, uni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan inson huquqlariga oid filmlar xalqaro festivalida namoyish etishni man etib qo‘ygan.

Film golland rejissyori Kris Belloni tomonidan ishlangan va bugun festival ishtirokchilari ixtiyoriga havola etilishi kutilayotgandi.

Mahkama esa, nafaqat film namoyishi, balki uni Qirg‘iziston bo‘ylab tarqatilishini ham taqiqlagan.

Ayon bo‘lishicha, bunday so‘rov bilan Qirg‘iziston Bosh prokuraturasi chiqqan.

Prokuratura idorasi mahkamaga Diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasining filьm yuzasidan bergan xulosasini taqdim etgan.

Hay‘at ekspertlari xulosasida aytilishicha, "Men hamjinsbozman va musulmonman" filmi diniy adovat uyg‘otish va diniy mansubligi zaminida musulmonlarni tahqirlash nishonalariga ega.

Avvalroq Qirg‘iziston Bosh muftiysi ham ushbu filmni namoyish ettirmaslikni so‘rab, qirg‘izistonlik mas‘ullarga murojaat etgan.

Bosh muftiyning aytishicha, "Film dinga umuman aloqasi bo‘lmagan insonlar misolida Islomni nomaqbul qiyofada taqdim etadi".

Ayrim xabarlarga ko‘ra, Qirg‘izistondagi bir qator nohukumat tashkilotlari ham ushbu filьmni taqiqlash murojaati bilan chiqishgan.

Taqiqlangan film

59 daqiqali film gollandiyalik rejissyor Kris Belloni tomonidan shu yil suratga olingan.

Filmning taqdim etilgan qisqa mazmunida uning "Islom dunyosida hamjinsbozlarning huquqlariga oid" ekani aytiladi.

Kris Belloni filmni suratga olish uchun o‘tgan yil asosiy vaqtini besoqolbozlik jinoyat sifatida ta‘qib etiluvchi Marokashda o‘tkazgan.

"Filmda o‘z umrlarini diniy va jinsiy o‘zliklarini anglashga sarflayotgan hamjinsboz marokashliklar aks ettirilgan. Ular kamera qarshisida o‘z kechmishlarini hikoya qilib berishadi", deyiladi annotatsiyada.

Jinsiy ozchiliklar huquqlarini himoya etish bilan shug‘ullanuvchi "Labris" nodavlat tashkiloti vakilasi Veronika Yurьeva esa, aksincha, filьmning taqiqlanishidan afsusda ekanini aytadi.

"Shaxsan men va umuman tashkilotimiz ushbu festival tashkilotchilarini, albatta, qo‘llab-quvvatlaymiz. Chunki Qirg‘iziston demokratik davlat bo‘lgach, bu mamlakat fuqarolari biror bir cheklovsiz turli xil ma‘lumotlar olishga haqli. Xuddi shu sababdan ham, mahkamaning filmni taqiqlashga oid qarorini asossiz deb hisoblaymiz", deydi u.

Bishkekdagisi oltinchisi bo‘lgan hujjatli filmlar xalqaro festivali har yil dunyoning turli davlatlarida o‘tkazib kelinadi.

21 sentyabr kuni Qirg‘izistonda aksilislomiy mazmundagi va dunyoning aksariyat musulmonlar davlatlari Muhammad payg‘ambar hajv etilganini aytgan "Musulmonlarning begunohligi" filmi ham taqiqlab qo‘yilgandi.

AQShda ishlangan ushbu film Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqning qator davlatlarida zo‘ravon namoyishlarga sabab bo‘lgan hamda o‘ndan ortiq insonning umriga ham zomin bo‘lgandi.

Aholisining aksariyati Islom diniga itoat etuvchi Qirg‘izistonda ham qolgan Markaziy Osiyo davlatlaridan farqli tarzda, ushbu film yuzasidan norozilik chiqishlari kuzatilgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.