BBC navigation

Afg‘on urushi qurbonlari: qaysi tomon eng ko‘p jabr ko‘rdi?

Сўнгги янгиланиш 1 октябр 2012 - 15:59 GMT

Oddiy aholi orasidan berilgan qurbonlar soni yuqoriligicha qolmoqda

Qo‘shma Shtatlar Kongressi bergan statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston urushida afg‘onlar tarafidan berilgan qurbonlar soni Amerikaniki bilan solishtirganda taxminan to‘rt barobar yuqoridir.

Kecha Afg‘onistonda nobud bo‘lgan AQSh askarlari soni 2000ga yetgani xabar qilingandi.

Afg‘onistonda oddiy aholi orasidagi o‘lim hollari esa, eng ko‘pligicha qolmoqda.

Raqamlarni taqqoslash imkonsiz

AQSh Kongressi Tadqiqot Xizmati rasmiylari Afg‘onistonda halok bo‘lganlar borasidagi raqamlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri solishtirish mumkin emasligini aytishadi.

Masalan, hayotdan ko‘z yumgan Amerika harbiylari borasidagi ma‘lumotlarni AQSh Mudofaa vazirligi beradi.

Afg‘oniston armiyasi va politsiya kuchlari orasidagi o‘lim hollari borasida axborot agentliklaridan olinadi.

Shuningdek, Kongress tadqiqot markazi Afg‘oniston urushi qurbonlariga oid raqamlarni 2007 yildan to‘play boshlagan.

Tadqiqotchilar o‘z hisob-kitoblarida Tolibon tomonidan berilgan qurbonlarni qo‘shishmagan.

2007 yildan to joriy yil o‘rtalarigacha Amerika askarlari orasidan nobud bo‘lganlar soni 1753 ni tashkil qilgan.

Xuddi shu davrda hayotdan ko‘z yumgan afg‘on askarlari va politsiya zobitlari qariyb to‘rt barobar ko‘p - 6595 nafar ekani aytiladi.

2007 yildan 2012 yil o‘rtalarigacha hayotdan ko‘z yumgan oddiy afg‘onlar esa, qariyb 13 mingni tashkil etadi.

Kongress tadqiqotchilari hisobotida mazkur o‘lim hollari qanday yuz bergani va bunga kimlar mas‘ul ekani haqida gapirilmaydi.

Muayyan sondagi askarlar "ichki hujumlar" yo-da, ittifoqchi kuchlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar tufayli hayotdan ko‘z yumishgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.