BBC navigation

O‘zbek madaniyati va urf-odatlari tadqiqotchisi Ra‘no To‘rayevaga savol bering

Сўнгги янгиланиш 1 октябр 2012 - 18:04 GMT

Ra‘no To‘rayeva Urganch shahrida tug‘ilgan.

O‘rta maktabni tugatganidan keyin 1992 yilda Urganch Davlat universitetining Jahon tillari fakulьtetiga o‘qishga kirgan.

Universitetni yakunlaganidan keyin ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullangan.

2005 yildan buyon Ra‘no To‘rayeva ilmiy tadqiqotlarini Olmoniyadagi Maks Plank nomidagi Sotsial Antropologiya institutida davom ettiradi.

U O‘zbekistondagi muhojirlik mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy ishini 2010 yilda himoya qilgan.

Ra‘no To‘rayeva hozirgi paytda Martin Lyuter Universitetida saboq berish bilan birga Olmoniyaning Halle shahridagi Maks Plank institutiga biriktirilgan postdoktoral tadqiqotchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

U hozir "Identifikatsiya, kommunikatsiya va tahqirlash" kitobi ustida ish olib bormoqda.

Ra‘no To‘rayevaning migratsiya, ziroat siyosati, an‘anaviy qo‘shiqchilik va baxshilik mavzusidagi qator maqolalari e‘lon qilingan.

Uning maqolalaridan biri O‘zbek jamiyatidagi kelinlarning mavqesiga bag‘ishlangan.

Maqolaning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi web-saytimizda e‘lon qilindi:

бу ерга босинг Obro‘li oilaga kelin bo‘lib tushish O‘zbekistondagi ko‘plab qizlarning orzusi

BBC mehmoni Ra‘no To‘rayevaga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.