BBC navigation

Qozog‘iston "Musulmonlar begunohligi" videofilmini taqiqladi

Сўнгги янгиланиш 4 октябр 2012 - 11:40 GMT

Film juda ko‘p musulmon davlatlarida g‘azabnok kutib olindi

Ostona tuman mahkamasi "Musulmonlar begunohligi" filmini ekstremistik ruhda deb topgan.

Mahkama filmni Qozog‘iston hududida ko‘rsatish va tarqatishni taqiqlagan.

Qozog‘iston Prokuraturasi Amerikada ishlangan ushbu qo‘lbola videofilm bo‘yicha 21 sentyabr kuni mahkamaga murojaat qilgandi.

"Film haqiqatdan ham Islomga e‘tiqod qiluvchilar tuyg‘ularini tahqirlaydi, Islomning mavjud bo‘lmagan salbiy obrazini targ‘ib qiladi", deydi din ishlari bo‘yicha agentlik bosh eksperti Serikbola Bilyalov.

"Musulmonlar begunohligi" deb nomlangan videofilm musulmon dunyosida bu yerga bosing g‘azabnok kutib olingan va keng ko‘lamli ommaviy norozilik namoyishlariga yetaklagandi.

Liviyada kechgan norozilik namoyishlari zo‘ravon tus olarkan, olamon AQShning Beng‘ozidagi konsulligiga hujum qilgan, oqibatda 4 inson, jumladan, Amerika elchisi nobud bo‘lgandi.

Ammo, film YouTube tarmog‘idan olib tashlanmadi

Bundan oldin Amerika hukumati YouTube tarmog‘idan "Musulmonlar begunohligi" filmini olib tashlashni so‘rab, Google shirkatiga murojaat qilgan, biroq joylashtirilgan video YouTubedan foydalanish tartiblarini buzmaganligini aytgan va murojaat rad qilingan edi.

Prezident Barak Obama va Oq Uy Davlat Kotibi Hillari Klintonning aksilislomiy filmni qoralab qilgan murojaatlarini Pokiston televideniyesida aylantirish AQSh hukumatiga 70 ming dollarga tushganligi aytiladi.

"Musulmonlar gunohsizligi" filmi iyulda chiqqan bo‘lsa ham, musulmon davlatlaridagi namoyishlar 11 sentyabrdan keyin bir qancha arab davlatlarida tarjima qilib berilgach, boshlanib ketgandi.

Filmda qatnashgan aktyorlar o‘zlarini "Sahro jangchilari" filmiga deb suratga olishgani, s‘yomka jarayonida Muhammad payg‘ambar (S.A.V) va Islomni haqorat qiladigan hech qanday gap bo‘lmaganini aytishgan.

Aktrisa Sindi Li YouTube tarmog‘idan filmni olib tashlashni so‘rab mahkamaga bergan, biroq hukm uning foydasiga hal etilmagan.

O‘tgan oy Pokiston Temir yo‘l transporti vaziri G‘ulom Ahmad Billur Peshavordagi matbuot anjumanida aksilislomiy film rejissyorining boshi uchun 100 ming dollar va‘da qilib chiqqan.

Prezident Obama o‘z fuqarolarini Pokistonga safar qilishdan ogohlantirgandi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.