BBC navigation

O‘zbekistonda "ota o‘g‘lining amali uchun" hanuz javobgarmi?

Сўнгги янгиланиш 5 октябр 2012 - 11:28 GMT

Ўзбекистонда "ота ўғлининг амали учун" ҳануз жавобгарми?

Ўзбекистон Инсон Ҳуқуқлари Жамияти "Эзгулик" тарқатган хабарга кўра, Қашқадарё вилоятидан фаол Ҳасан Чориев устидан навбатдаги маҳкама жараёни бошланган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekiston Inson Huquqlari Jamiyati "Ezgulik" tarqatgan xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatidan faol Hasan Choriyev ustidan navbatdagi mahkama jarayoni boshlangan.

69 yoshli Hasan Choriyev O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 139-moddasi bilan "tuhmat" qilishda ayblanmoqda.

Hasan Choriyev 2012 yil iyun oyida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimi ustidan Milliy Xavfsizlik Xizmatining mahalliy bo‘limiga shikoyat bilan murojaat qilgan.

O‘z arizasida u tuman hokimi dastlab Choriyevga tegishli, keyinchalik esa mahkama qarori bilan davlat qaramog‘iga o‘tkazilgan 37 gektar yerdan noqonuniy ravishda foydalanayotganligini aytgan.

Hozirda go‘yoki bu arizada keltirilgan faktlar o‘z tasdig‘ini topmagan, deya Hasan Choriiyevga nisbatan "tuhmat qilish"da ayblov ilgari surilmoqda.

Jarayonni kuzatib kelayotgan mustaqil jurnalist Malohat Eshonqulovaning aytishicha, bu galgi mahkamaning hali bironta majlisi bo‘lmay turib, hakam Hasan Choriyevga uch yillik qamoq jazosi belgilanishi bilan po‘pisa qilgan.

Hakam Choriyevga AQShda istiqomat qiluvchi o‘g‘li Bahodir Choriyevni "tinchlantirmas ekan" qamoq jazosi belgilanishi muqarrarligini aytgan.

Jurnalist Malohat Eshonqulovaga ko‘ra, Hasan Choriyevga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarning aksari "Birdamlik" Xalq Harakatining rahbari bo‘lmish o‘g‘li Bahodir Choriyevning siyosiy faoliyati tufaylidir.

Mahkamaning dastlabki majlisi ayblanuvchining kelmaganligi tufayli kechiktirilgan.

Hasan Choriyev mahkama boshlanmasdanoq qamoq jazosi belgilanishi haqidagi do‘q-po‘pisalardan so‘ng ayblovlarning asossizligini isbotlash uchun himoyachi izlash bilan mashg‘ul bo‘lib, mahkama majlisiga bormagan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.