BBC navigation

2014 yildan so‘ng Afg‘oniston hukumati "qulashi mumkin"

Сўнгги янгиланиш 8 октябр 2012 - 14:42 GMT

Afg‘oniston bo‘yicha yangi hisobotda agar hozir zaruriy choralar ko‘rilmasa, 2014 yil NATO qo‘shinlari chiqib ketishi hukumatning qulashi va hatto fuqarolar urushiga yetaklashi mumkinligi bashorat qilinadi.

Xalqaro Inqiroz Guruhiga ko‘ra, Afg‘on politsiyasi va armiyasi xavfsizlikni ta‘minlashga tayyor emas.

Hisobotda hukumat ikki yildan so‘ng o‘tkazilishi kutilayotgan saylovlarni shaffof o‘tishi uchun lozim hozirliklarni olishi kerakligi, aksincha, jarayon qallobliklardan holi bo‘lmasligi qo‘shimcha qilinadi.

Afg‘on hukumati mazkur bashoratlarni "bema‘ni va safsata" deb ta‘riflagan.

"Bizning davlatimiz 2002 yilda bunyod etilgani yo‘q. 5,000 yillik tariximiz bor. O‘tmishda biz yirik qudratlarga qarshi kurashganmiz. Bizning politsiya va armiyamiz mamlakatimiz tuprog‘i hamda mustaqilligini himoya qilishga hozir", deyiladi Afg‘oniston hukumati chiqargan bayonotda.

Hukumat voizining qo‘shimcha qilishicha, agar xalqaro hamjamiyat kelajakda dastaklar borasidagi va‘dalarini bajarsa, 2014 yil NATOning chiqib ketishi u qadar katta farq yasamaydi.

"Vaqt oz qolmoqda"

Biroq, qarorgohi Bryusselda joylashgan guruh o‘z hisobotida Afg‘onistondagi G‘arb qo‘llab-quvvatloviga ega hukumat 2014 yildan keyin halokatli siyosiy inqiroz tomon ketayotgan bo‘lishi mumkinligi ta‘kidlanadi.

"Davlat jarlikka qulamasligi oldi olinishi uchun o‘tish davri barqaror kechishiga hozirdan tayyorgarlik ko‘rilishi kerak. Vaqt oz qolmoqda", deyiladi hisobotda.

Xuddi o‘sha yili Afg‘onistonda saylovlar o‘tishi rejalangan va hisobot kelasi siyosiy jarayon ham avvalgisi kabi soxtagarchiliklar bilan o‘tishi ehtimoli haqida gapiradi.

"Mavjud sharoitlar ostida 2014 yilgi saylovlarda keng ko‘lamli qallobliklar kuzatilishiga qariyb shubha yo‘q", deya ogohlantiriladi Xalqaro Inqiroz Guruhi hisobotida.

Unda xavfsizlik vaziyati yomonlashishda davom etayotgan janubu sharqda soxtagarchiliklar bo‘lishiga kafolat berish mumkin.

Shuningdek, hisobotda bu gal prezidentlik uchun bellashishi mumkin bo‘lmagan Afg‘oniston Prezidenti Homid Karzay yana asosiy nomzod bo‘lishga urinib ko‘rishi mumkin.

Hukumat chiqargan bayonotda esa, kelajak saylovlar "xorij aralashuvisiz erkin va adolatli" o‘tishi aytiladi.

Xalqaro Inqiroz Guruhining xulosa qilishicha, mavjud muammolar yechimi tomon harakat qilmaslik alal-oqibat hukumatning qulashiga yetaklashi mumkin.

------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.