BBC navigation

O‘zbek imomlari Arab bahoridan "tashvishda"

Сўнгги янгиланиш 8 октябр 2012 - 13:38 GMT

Ўзбек имомлари Араб баҳоридан 'ташвишда'

Ўзбекистон мусулмонлари диний идораси жойлардаги имомларга мусулмонлар ва кенг жамоатчиликни Араб баҳорининг ортида турган омиллар ва унинг "салбий оқибатлари"дан огоҳ этиш ҳақида топшириқ берган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi joylardagi imomlarga musulmonlar va keng jamoatchilikni Arab bahorining ortida turgan omillar va uning salbiy oqibatlaridan ogoh etish haqida topshiriq bergan.

Hukumatga yaqin 12.uz nashrining diniy idoraga iqtibosan xabar berishicha, Toshkent Islom Universitetida o‘tgan seminarda mamlakat muftiysi Usmonxon Olimov boshchiligida imomlar Arab bahori mavzusini muhokama etishgan.

Toshkentdan jurnalist Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, o‘zbek imomlarining o‘zlari arab dunyosidagi xalq isyonlarining sabablaridan yaxshi xabardor, deb aytish qiyin.

"Ular hukumat, maxfiy xizmatlar "Arab bahori ortida vahhobiylar turibdi" desa, shunga ishonishadi va musulmonlarga ham shuni aytishadi", - deydi o‘zbekistonlik jurnalist.

Unga ko‘ra, hukumat imomlar, diniy ulamolarning o‘zbek jamiyatidagi nufuzi va e‘tiborini yaxshi tushunadi va ulardan o‘zining targ‘ibot ishlarida foydalanmoqda.

Avvalroq, Prezident Karimov diniy ulamolarga xitob qilib, ularni faolroq bo‘lish, xususan, arab dunyosidagi voqealarning "asl sabablari"dan yoshlarni ogoh qilishga chaqirgandi.

"Bu muammolarga bizning munosabatimizni xalqimizga yetkazishimiz zarur. Imom-xatiblar juma namozlarida bizning qarashimiz mana bunday, deb tushuntirib bersak, o‘z tinchligimizga tinchlik qo‘shamiz" - degan avvalroq Toshkent markazida diniy ulamolar bilan uchrashgan Islom Karimov.

Tahlilchilar arab dunyosi bilan Markaziy Osiyoning yakka shaxslar tomonidan boshqariladigan O‘zbekiston kabi davlatlaridagi vaziyatning o‘xshashligiga e‘tibor qaratishadi.

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada yuz bergan xalq g‘alayonlari uzoq yillik yakkahokim hukmdorlarning hokimiyatdan ag‘darilishiga olib kelgan.

-------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.