BBC navigation

Prezident Karimov Xorazm viloyatiga hokim tayinladi

Сўнгги янгиланиш 9 октябр 2012 - 16:00 GMT

Po‘lat Bobojonov Xorazm viloyat hokimi etib tayinlangan.

Bu haqda viloyat Xalq deputatlari kengashining Prezident Karimov ishtirokida o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida e‘lon qilingan.

Bobojonov shu yil yanvarida, avvalgi hokim Ollobergan Olloberganov iste‘foga chiqarilishi ortidan hokim vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Olloberganov Xorazm viloyatini 2008 yildan buyon boshqargan.

Xorazm viloyat hokimining nima uchun aynan hozir o‘z lavozimiga tasdiqlanayotgani sabablari ma‘lum emas.

Paxta yig‘im-terimi davrida kadrlar masalasida muhim qarorlar qabul qilish O‘zbekistonda kam kuzatiladi.

So‘nggi yillarda qaror topgan tajribaga ko‘ra, viloyat hokimlari hamda vazirlik va idoralar rahbarlari uzoq vaqt "...vazifasini bajaruvchi" bo‘lib turadilar va keyinroq lavozimga qo‘yiladi.

Kuzatuvchilar mamlakatda rahbarlarning shaxsiy sadoqatiga qarab vazifalariga tayinlanishi va kadrlar sohasida poraxo‘rlik hamda tanish-bilishchilikning avj olganini ta‘kidlashadi.

-----------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.
BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.