BBC navigation

Tojikiston: ikkinchi xotinlar va ularning erlari nima deyishadi?

Сўнгги янгиланиш 10 октябр 2012 - 14:15 GMT

Tojikistondagi bir mahalliy nodavlat tashkiloti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, mamlakatda ikkinchi va uchinchi xotin bo‘lib turmushga chiqqan ayollarning 50 foizga yaqini oliy ma‘lumotga ega ekan.

Tojikiston janubidagi Qo‘rg‘onteppa shahrida faoliyat yurituvchi "Rushd" nomli nodavlat tashkilotining 500 nafar inson ( 250 nafar ikinchi xotin va 250 nafar ikki va uch xotinli bo‘lgan erkak) o‘rtasida o‘tkazgan so‘rov ana shunday natija ko‘rsatgan.

Ushbu so‘rov Qo‘rg‘onteppa, Dushanbe, Xo‘jand shaharlari va Rasht vodiysi tumanlarida o‘tkazilgan.

So‘rovda ta‘kidlanishicha, ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘lib turmush qurgan ayollarning 36 foizi ilgarilari turmushga chiqishmagan ekan.

"Rushd" mas‘ullari so‘zlariga ko‘ra, ular so‘rovni 8 yildan ko‘proq turmush qurgan ayol va erkaklar o‘rtasida o‘tkazganlar.

"Rushd" tashkilotining raisi Yusuf Mahmadov BBC bilan suhbatda mazkur so‘rovdan maqsad ko‘pxotinlik muammosiga emas, balki ikkinchi va uchinchi xotin bo‘lib turmushga qurgan ayollar va ularning farzandlari huquqlarining poymol etilishi masalasiga qaratilganini aytgan.

"So‘rovda ishtirok etgan ayollar ikkinchi xotin bo‘lib turmushga chiqishlariga undagan ko‘plab omillarni keltirdilar. Lekin, faqat diniy nikohdan o‘tgan ikkinchi xotinlar, qonuniy nuqtai nazardan olib qaralganda, ersiz hisoblanishadi. Ular, amalda, hech qanday huquqiy himoyaga ega emaslar," - dedi Yusuf Mahmadov.

Uning ilova qilishicha, ayollarning 24 foizi uy-joyli bo‘lish uchun ikkinchi xotin bo‘lishga rozilik bildirgan esalar, ularning 20 foizi yoshlari o‘tib qolgani uchun ikkinchi xotin bo‘lib turmush qurishga majbur bo‘lganlar, yana 15 foiz ayol bo‘lajak erlarini sevib qolishganini aytganlar.

Erkaklar kamaygan

Mutaxassislar Tojikistondagi ko‘pxotinlik masalasiga turlicha yondashishadi.

Qo‘rg‘onteppa shahrida ayollar muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot mas‘ulining aytishicha, 90-yillar boshida Tojikiston janubidan boshlangan fuqarolar urushi oqibatida ko‘plab erkaklar va yigitlar halok bo‘lgan.

Uning ishonishicha, aynan shu sabab yolg‘iz ayollar va "qari qizlar" soni Tojikistonda erkaklar sonidan ko‘p.

Boshqa tarafdan, ba‘zi mutaxassislarga ko‘ra, bugun minglab erkaklar va yoshlar muhojirlikda yashashadi va bu holat mamlakatda ko‘pxotinlikning ortishiga olib kelgan.

Yusuf Mahmadovning aytishicha, ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘lib turmush qurgan ayollarning aksari 1997 yildan, ya‘ni Tojikistonda fuqarolar urushi nihoya topgach, nikohdan o‘tganlar.

"Esimizda, Sho‘rolar paytida ham Tojikistonda ikkixotinli erkaklar oz emasdi. Ammo, Tojikiston mustaqil bo‘lgach, ko‘pxotinlik nihoyatda ko‘paydi,” - deydi u.

"Rushd" nodavlat tashkiloti faollariga ko‘ra, ikki yoki uch xotini bo‘lgan erkaklarning yarmidan ko‘pi oliy ma‘lumotga ega ekan.

So‘rov natijalaridan ayon bo‘lishicha, ikki yoki uch xotinli erkaklaning 36 foizi tadbirkorlik bilan shug‘ullanar ekan. Shuningdek, ko‘pxotinli erkaklarning bir qismi Tojikiston kuchishlatar tizimlarida ishlashi aniqlangan.

Tojikiston qonunlariga ko‘ra, mamlakatda ko‘pxotinlik taqiqlangan va ko‘pxotinli erkaklar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.