BBC navigation

"O‘zbekiston paxta dalalariga zudlik bilan xalqaro kuzatuvchilar yuborilishi kerak"

Сўнгги янгиланиш 10 октябр 2012 - 17:16 GMT

Olmoniya parlamenti a‘zosi O‘zbekiston paxta dalalridagi haqiqiy vaziyatni bilish uchun zudlik bilan xalqaro kuzatuvchilar yuborilishiga da‘vat qilmoqda.

O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi davom etmoqda. Hukumatga yaqin matbuot vositalari bu yilgi hosil bolalar mehnatisiz terib olinayotganini aytsa-da, huquq faollari bu kabi hollar hali ham uchrab turishini xabar qilishmoqda.

Hosilni yig‘ib olishda bolalar ishtiroki kamaygan ekan, hukumat va xususiy idoralar xodimlariga nisbatan paxtaga chiqish borasida bosim oshgan.

O‘zbek hukumati Xalqaro Mehnat Tashkilotining kuzatuvchilarini vaziyatni bevosita kuzatish uchun mamlakatga kirishlariga ruxsat bermagan.

Olmoniya parlamenti a‘zosi Viola Fon Kramon xalqaro kuzatuvchilarsiz O‘zbekistondagi terim jarayoni borasida to‘liq tasavvur hosil qilish mumkin emasligini aytadi:

Viola Fon Kramon: O‘zbekistonda hanuz bu sohada bironta xalqaro nazorat o‘tkazilmagan va paxta terish mavsumida nimalar ro‘y berayotganini hech kim bilmaydi. Albatta, bu holat meni xavotirga soladi. O‘zbekiston bir necha bor turli xalqaro konvetsiyalarga imzo chekkan, lekin bu bitimlarga muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarmayapti. Shuning uchun Xalqaro Mehnat Tashkiloti va hukumatlar o‘zbekistonga bu borada bosim o‘tkazib xalqaro komissiyalarning mamlaktaga borib vaziyatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘ra olishlariga ruxsat berilishi uchun harakat qilishlari kerak.

BBC: Nima uchun Olmon hukumati bu kabi bosimni o‘tkazishi kerak , deb o‘ylaysiz?

Bu yil paxta terimi mavsumida kollej o‘quvchilari, davlat muassalalari va shaxsiy shirkatlar xodimlari ishtirok etayotganliklari aytilmoqda.

Viola Fon Kramon: Albatta Olmon hukumatining o‘zigina bu kabi bosimni o‘tkazishi kerak emas, qanchalik ko‘proq hukumatlar bu yo‘lda harakat qilsalar shunchalar yaxshi. Lekin buni kimdir boshlab berishi kerak. Olmoniya Xalqaro Mehnat Tashkiloti a‘zosi sifatida O‘zbekistondagi vaziyat qoniqarli emasligi haqida gapirishi kerak. Olmoniyaning inson huquqlari bo‘yicha rasmiysi bu borada maktub yozgan , lekin buning o‘zi kifoya emas, bu yo‘nalishda harakatlar anchayin muntazam va mutassi, shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkilotining ichida ham kengroq bo‘lishi kerak. Buning uchun kelgusi yil iyul oyida bo‘lib o‘tishi rejalangan xalqaro anjumanni kutib o‘tirish kerak emas. Bu masala zudlik bilan yondoshuvni talab qiladi, O‘zbekistonda paxta terimi mavsumida nimalar bo‘lib o‘tayotganini biz bilishimiz kerak.

BBC: Asosiy muammo paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanish, deya aytib kelinadi. Bu yil hukumat balog‘atga yetmaganlarni paxtaga olib chiqmaslik haqida farmon chiqargan, maktab o‘quvchilarini yoppasiga paxtaga safarbar etilmaganliklari aytilmoqda, mana shu kabi xabarlar siz uchun yetarli emasmi?

Viola Fon Kramon: Albatta yetarli emas, birinchidan bu farmon og‘zaki berilgani aytilmoqda. Shuning uchun unda aniq nimalar deyilganini biz bila olaymiz. Nima bo‘lganda ham amaldagi vaziyat haqida dalillarga ega bo‘lmasangiz va tasdiqlay olmasangiz bundan nima foyda. Bolalar paxta dalalarida kamroq ekanliklari haqida har-xil gaplar yuribdi, lekin boshqalarning paxta terishga majburlanayotganlari haqida aytilyapti. Shifokorlar, davlat korxonlari ishchilari, kattalar paxta terishga majburlanmoqdalar. Muammo ana shunda. O‘zbekistonda paxta yetishtirish saonati kvotalrga, rejaga asoslangan tizimdir. Bu sanoatni yurgizib turish uchun O‘zbekiston hukumatiga arzon garov ishchi kuchi kerak. Bu sohada qanday o‘zgarishlar bo‘layotganini tasdiqlash uchun xalqaro tashkilotlar nazoratchilarini mamlakatga qo‘yishlari kerak. Bu borada oshkoralik yo‘q ekan, men ularning so‘zlariga mutlaqo ishonmayman.

BBC: Nima uchun bu kabi nazoratchilar zudlik bilan mamlakatga borishlari kerak deyapsiz, bu kabi vaziyat yillarki davom etib kelmoqda. Muzokarlar olib borib, kelgusi yil jo‘natsa bo‘lmaydimi o‘sha komissiyani?

Viola Fon Kramon: Chunki o‘zbek hukumati huddi shunday yo‘lda yillarki vaqtni cho‘zib kelmoqda. Paxta sanoatidagi tizim sho‘rolar davridan meros qilib olingan va agarda biz bosim o‘tkazmasak kelajakda ham shunday davom etib ketaveradi, vaziyatga hech qachon chek qo‘yilmaydi.

------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.