BBC navigation

Turkiya Tashqi ishlar vaziri: Suriya uchog‘ida "noqonuniy yuk bo‘lgan"

Сўнгги янгиланиш 11 октябр 2012 - 11:14 GMT

Suriya va Turkiya munosabatlari keskinlashuvidan bir hafta o‘tib, Turkiya harbiy uchoqlari Suriya yo‘lovchi uchog‘ini majburan yerga qo‘ndirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Turkiya hududiga majburan qo‘ndirilgan Suriya yo‘lovchi uchog‘i "noqonuniy yuklar"ni eltayotgan bo‘lgan.

Ahmad Dovuto‘g‘lining aytishicha, uchoqqa qayta uchish ruxsati berilishidan avval undan "istalmagan" yuklar musodara etilgan.

Turkiya chorshanba kuni Moskvadan Damashqqa uchayotgan yo‘lovchi uchog‘ida harbiy yuklar borligi taxmin etilishi ortidan uni yerga qo‘ndirish uchun harbiy uchoqlarni ishga solgandi.

O‘tgan hafta besh nafar turk fuqarosi Suriya hududidan kelib tushgan snaryad o‘qlaridan halok bo‘lishi ortidan Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar nihoyatda keskinlashdi.

Javoban Turkiya Suriya hududiga ilk bor raketa otish bilan javob qaytardi.

Rossiya e‘tirozi

Janob Dovuto‘g‘li bir necha soat davomida tintilgan uchoq ichidan qurol-aslaha topilib-topilmagani borasida izoh bermagan.

"Uchoqdan xabardor etilishi lozim bo‘lgan noqonuniy yuklar topildi," - deb aytgan u "Onado‘li" axborot agentligiga.

Biroq Turkiya matbuoti orqali tarqalgan tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, musodara etilgan yuklar ichida harbiy aloqa jihozlari to‘ldirilgan qutilar bo‘lgan.

Aerobus A320 avialayneri bag‘rida odatdagiday 180 nafar emas, balki bor-yo‘g‘i 30ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirining ma‘lum qilishicha, turk rasmiylari bundan buyon mamlakat havo hududi uzra uchib o‘tadigan Suriya yo‘lovchi uchoqlarini tekshirishda davom etadilar.

Rossiya mulozimlariga ko‘ra, Anqaradagi Rossiya elchixonasi turk rasmiylaridan o‘z hatti-harakatlarini izohlashni talab qilgan.

Rossiya harbiy mulozimining "Interfaks" axborot agentligiga aytishicha, uchoqda hech qanday harbiy jihoz bo‘lmagan.

"Uchoqda qurol-yaroq ham, harbiy jihozlar ehtiyot qismlari ham bo‘lmagan va bo‘lishi ham mumkin emasdi," - deb aytgan harbiy manba.

Avvalroq janob Dovuto‘g‘li Turkiya o‘z hududi orqali Suriyaga har qanday qurol-aslahaning olib o‘tilishini oldini olishga shay turganini bildirgan edi.

Unga ko‘ra, Anqara Damashqqa uchayotgan uchoq ichida "nofuqaroviy yuk" olib o‘tilayotgani haqida axborot olgan.

Yo‘lovchi uchog‘i ikki turk qiruvchi uchog‘i vositasida Anqaraning "Esenbo‘g‘a" aeroportiga tekshiruv uchun qo‘ndirilgan edi.

Bir necha soat tekshirilgach uchoqqa yana uchish ruxsati berilgan.

Ayni damda Turkiya rasmiylari Suriya havo hududini "xatarli" deya e‘lon qilganlar va Turkiya uchoqlariga ushbu mamlakat uzra uchmaslikni tavsiya etganlar.

------------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.