BBC navigation

AQSh vitse-prezidentligiga nomzodlar debatda to‘qnashdi

Сўнгги янгиланиш 12 октябр 2012 - 11:50 GMT

Vitse-prezidentlikka nomzodlar ilk va yagona marta debatda ishtirok etdilar.

AQSh vitse-prezidentligiga nomzodlar Jo Bayden va Pol Rayan o‘zaro o‘tkazilgan ilk va yagona debatda keskin to‘qnashganlar. Prezidentlik saylovi 6 noyabrda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.

Payshanba oqshomida bo‘lib o‘tgan debat milliy xavfsizlik, iqtisod, soliqlar va sog‘liqni saqlash sohasida ustidagi dahanaki jang bilan o‘tgan.

Demokratlar nomzodi bo‘lmish Vitse-Prezident Bayden o‘zini tajovuzkor tutgan va, Prezident Barak Obamani himoya qilar ekan, o‘z raqibi gapini bir necha bor bo‘lgan.

Respublikachilar Viskonsin shtatidan tanlangan kongressmen Rayan esa o‘zini nisbatan bosiq tutdi.

"Tajovuzkor"

O‘tgan hafta Obama o‘z raqibi bilan debatida o‘zini yaxshi ko‘rsata olmagani ortidan demokratlar xavotirga tushgandi.

U debat ortidan Respublikachilar nomzodi, Massachusets hokimi va tadbirkor Mitt Romni ommaviy fikr so‘rovlarida ancha ilgari siljishga muvaffaq bo‘lgan.

Prezident Obama o‘zini "juda muloyim" tutganini tan olgan, va aftidan uning kampaniyasi endi Romnining soliqlar, hukumat xarajatlari, iqtisod va boshqa masalalardagi siyosatiga qarshi hujum uchun janob Baydenni ishga soldi.

Vitse-prezident bir necha bor janob Rayanning gapini bo‘lgan. Rayan gapirar ekan, Bayden kulgan, ko‘zlarini aylantirgan va hayratdan qo‘llarini ko‘targan.

Lekin, janob Rayanni bu ko‘p ham bezovta qilgani yo‘q. Uning asosiy maqsadi janob Romnining Obamaga qarshi oxirgi yutuqlarini himoya qilish edi.

Kentaki shtatidagi Tsentr Kollejidagi sahnada to‘qnashgan nomzodlarga ABC News kanalining boshlovchisi Marta Raddats vositachilik qilishga urindi.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.