BBC navigation

Qarshida militsiya 96 yoshli onaxonning norozilik namoyishini to‘xtatib qolgan

Сўнгги янгиланиш 15 октябр 2012 - 11:28 GMT

Qarshi shahar militsiyasi norasmiy O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli bo‘lgan Gulshan Qorayevaga nisbatan avvalroq tuhmat qilish aybi bilan jinoyat ishi ochgan

Qarshida militsiya Bibisuluv Alimardonovaning norozilik namoyishi o‘tkazishiga qo‘ymagan.

96 yoshli onaxon inson huquqlari faoli bo‘lgan nabirasi Gulshan Qorayeva hamda Qorayevlar oilasiga qarshi ta‘qiblarni to‘xtatish talabi bilan Qashqadaryo viloyat hokimiyati oldida norozilik piketi o‘tkazish niyatida bo‘lgan.

BBC bilan suhbatda 96 yoshli momo nabiralari adolat talab qilgani uchun "xalq dushmani"ga aylanganliklarini aytadi.

"...hamsoyam dod solib keldi mening boshimga: "Sen xalq dushmani", deb ko‘chani boshiga ko‘tarib. Mahallaning odamlari, ko‘chadan o‘tgan odamlar hammasi tomosha qildi. Men gapirmadim ham, og‘zimni ham ochmadim...bugun hokimiyatga bormoqchi edim, militsiyalar qaytarishdi, o‘sha yerda kuni bo‘yi o‘tirdim. Ular ham yomon gapirishgani yo‘q, non-choy qo‘yib berdi, keyin javob berishdi keldim", deydi onaxon.

Qarshi shahar militsiyasi norasmiy O‘zbekiston inson huquqlari jamiyati faoli bo‘lgan Gulshan Qorayevaga nisbatan avvalroq tuhmat qilish aybi bilan jinoyat ishi ochgan.

Gulshan Qorayeva internetda tarqatgan maqolasida go‘yoki o‘zini xalq dushmanlari deb atagan ona-bola qo‘shnilarini "fohishalar" deya haqorat qilgani aytiladi.

Қаршида милиция 96 ёшли онахоннинг норозилик намойишини тўхтатиб қолган

Қаршида милиция 96 ёшли онахоннинг норозилик намойишини тўхтатиб қолган

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Ayblov xulosasidan anglashilishicha, militsiya Google qidiruv sahifasiga so‘rov berish orqali maqola matnini qo‘lga kiritgan.

Ammo muallif tergovdagi maqola matni o‘zgartirilgani va inson huquqlari bilan bog‘liq faoliyati uchun jazolanayotganini aytmoqda.

Gulshan Qorayeva mahalliy hokimiyat idoralarini Qashqadaryodagi ijtimoiy muammolar, gaz va elektr tanqisligi uchun tanqid qilib keladi.

Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti O‘zbekiston hukumatini Gulshan Qorayeva atrofida yuzaga kelgan vaziyatga befarq qaramaslikka chaqirgan.

Biz avvalroq militsiya idorasidan qo‘yib yuborilgan Gulshan Qorayeva bilan bog‘lanib, ularning bugungi norozilik urinishi tafsilotlari haqida so‘radik.

Гулшан Қораева билан суҳбат

Биз Гулшан Қораева билан боғланиб, уларнинг бугунги норозилик уриниши тафсилотлари ҳақида сўрадик

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

"Momom yurolmaydilar deb taksi olib keldim endi...keyin momomni chiqardik, Nodir aka (Qarshidagi inson huquqlari faoli - BBC) keldi, uchalamiz mashinaga o‘tirdik-da, chiqib ketayotgandek, birdaniga militsiya bosib qoldi. Boyagi taksini hujjatini so‘rashdi. "Hujjatingiz yo‘q ekan", deb to‘g‘ri shahar ichki ishlar boshqarmasiga olib borishdi", deydi Gulshan Qorayeva BBC bilan suhbatda.

-----------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.