BBC navigation

Tojiklar va afg‘onlar mahbus almashishdi

Сўнгги янгиланиш 15 октябр 2012 - 15:20 GMT

Afg‘oniston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara qariyb bir yarim ming chaqirimga cho‘zilgan

Tojikiston 15 nafar afg‘onistonlik mahbusni o‘z vataniga topshirgan. Hozir tojik qamoqxonalarida yuzga yaqin afg‘on jazo muddatini o‘tamoqda.

Kobul va Dushanbe o‘rtasidagi kelishuvga binoan, bu mahkumlarning barchasi vataniga qaytariladi.

Ma‘lum bo‘lishicha, Tojikistonda ushlanib, hukm qilingan bu afg‘onlar, asosan, giyohvand moddalar savdosi, qalloblik va chegaradan noqonuniy o‘tish kabi harakatlarda ayblanganlar.

Shuningdek, Kobul ham 3 nafar tojikistonlik mahkumni vataniga qaytargan. Afg‘oniston qamoqxonalaridagi tojiklar soni nisbatan olganda ancha kamligi aytiladi.

Bu mahkumlar jazoning qolgan qismini o‘z vatanlarida o‘tashadi.

Ikki davlat orasidagi chegara taqriban 1300 chaqirimni tashkil etadi. Buning ustiga, tog‘li va daryolar orqali o‘tgan ayrim chegara bo‘lgalarini nazorat qilish o‘ta qiyin kechmoqda.

Bu chegara nuqtalari o‘rtada savdo-sotiq kuchaytirishi va har ikki mamlakatning tarqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi ehtimoli katta.

Lekin Afg‘onistonda ko‘knori ekish kamaymayotgani, qashshoqlik, urushlar va Tojikiston chegaralarini nazorat qilish qiyinligicha qolayotgani bois chegara osha olib o‘tilayotgan qimmatbaho mahsulotlardan biri bu giyohvand moddalar bo‘lib qolmoqda.

Shimoliy-sharqiy Afg‘onistondagi qonun yaxshi ta‘minlanmagan hududlarda esa jinoiy guruhlar sharqiy Tojikiston orqali giyohvand moddalarni olib o‘tishga urinishadi.

Ayrim kuzatuvchilarga ko‘ra, giyohvand moddalar savdosi hali hamon Afg‘onistondagi isyonkorlar uchun muhim daromad manbai bo‘lishi mumkin.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.