BBC navigation

Radovan Karadjich "Musulmonlarni qirg‘inbarot qilmagan"

Сўнгги янгиланиш 16 октябр 2012 - 14:24 GMT

Srebrinitsa: Musulmonlar ko‘ksidagi bitmagan yara

Bosniya serblari yetakchilaridan bo‘lgan Radovan Karadjich genotsid, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyat kabi jami o‘nta ayblovga yuz tutmoqda.

Bular ichida 1995 yili iyulida Srebrinitsa shahrida musulmon erkaklarini qatliom etish aybi alohida urg‘ulanadi.

O‘shanda Srebrinitsada kamida 8 ming nafar musulmon erkak va o‘g‘il bolalar o‘ldirilgan edi. Musulmonlarning hatto 15-16 yashar o‘spirinlariga ham shafqat qilinmagan.

Bu jinoyat esa Ikkinchi Jahon Urushida yahudiylar qirg‘inbarot qilinganidan beri Ovro‘poda ro‘y bergan eng yirik qatliomdir.

Radovan Karadjich hozir Bosniya Gertsogovina hududlarida bironta ham musulmon zotini qoldirmay, ularni qirg‘inbarot qilish haqida buyruq berishda ayblanadi.

Bosniya urushi payti serb kuchlari musulmon erkaklarini qig‘inbarot qilib, qiz-ayollarni aql bovar qilmas darajada jinsiy tahqirlashgani aytiladi.

Bosniyalik muslima ayollar bir necha yil oldin Ovro‘po mahkamalariga murojaat etishganida, jinsiy tahqirlar natijasida ko‘pchilik hatto tug‘a olmaydigan bo‘lib qolishgani aytilgandi.

Biroq o‘z davrida vahshatli serb qo‘mondoni bo‘lgan 67 yashar Karadjicho‘ziga qarshi ilgari surilayotgan barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Janob Karadjichga ko‘ra, "urush qurbonlari soni aslida kam va u aslida, serb qo‘shinlarini ko‘p hollarda to‘xtatib qolgan".

Shuningdek, urush payti nimalar sodir bo‘layotganidan bexabar qolganini ham aytgan.

Radovan Karadjich 13 yil davomida Serbiyada qochib yurgan va 2008 yili Belgradda avtobusda ushlangandi.

Ayni damda Gaagada boshqa bir serb qo‘mondoni - Radko Mladich ustidan ham mahkama kechmoqda.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.