BBC navigation

"Dunyo Rossiya va Qozog‘istonga qaram bo‘lib bormoqda"

Сўнгги янгиланиш 16 октябр 2012 - 14:35 GMT

O‘zbekiston o‘zi bug‘doy yetishtiradi, lekin o‘zbeklar Rossiya yo Qozog‘iston unini xush ko‘rishadi

G‘alla yetishtiruvchi yirik mamlakatlar - AQSh, Rossiya va Qozog‘istondagi qurg‘oqchilik bug‘doy va un narxi oshib ketadi, degan vahimalarni kuchaytirmoqda.

Lalmi g‘allachilikka asoslangan Rossiya va Qozog‘iston bu yil mo‘ljaldagidan ancha kam hosil ko‘tarishdi.

Masalan, Qozog‘iston odatdagi 20 million tonnaning yarmidan sal ko‘proq g‘alla yetishtirib oldi, xolos. Bu esa mamlakatning faqat ichki ehtiyojini qoplashi mumkin.

Qozoqlar mavjud shartnomalarni hurmat qilib, iste‘molchi mamlakatlarga avvalgi narxlarni keskin oshirmasdan, oldingi yildan qolgan don evaziga, kerakli bug‘doyni yetkazib berishlarini aytishmoqda.

Qurg‘oqchilik bois bug‘doy yaxshi bitmagan Rossiya ham eksport cheklovlari kiritmadi. Bu degani - narxlar u qadar osmonga sapchimaydi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, jahondagi iste‘molchilar vaqt sayin Rossiya va Qozog‘iston bug‘doyiga qaram bo‘lib qolishmoqda va bu holat xavotir uyg‘otadi.

"Qurg‘oqchilikdan aziyat chekkan asosiy bug‘doy ishlab chiqaruvchilar lafzlarini buzishmayapti" - deb aytgan Xalqaro Oziq-ovqat Mutaxassislari guruhidan Jeyms Uolton - "Markaziy Osiyo va Rossiya bu borada biron choraga qo‘l urishlari mumkin bo‘lsa ham, allaqachon qilgan bo‘lishlari kerak".

Ammo bu kabi yupatish va choralar xavotirlarni bosa olmayotgan ko‘rinadi. Ovro‘poda, allaqachon, joriy yilda un mahsulotlari narxi oshishi kutilayotgani haqida xabarlar chiqmoqda.

Markaziy Osiyoning o‘zida ham ahvol va sharoit bir xilda emas.

Yuqori sifatli qozoq unini ko‘p iste‘mol qiladigan va mintaqaning eng aholisi ko‘p mamlakati - O‘zbekistonda narxlar osmonga o‘rlay boshlagan.

Biroq aksar oziq-ovqatni chetdan oladigan boshqa qo‘shnilariga nisbatan, O‘zbekiston bu borada biroz yaxshi sharoitda. Avvalo, mamlakat o‘zi bug‘doy yetishtiradi. Faqat bu bug‘doy sifat past va odamlar ko‘proq Qozog‘iston unini afzal biladilar.

"O‘zbekistonda bu yil g‘alla yaxshi bo‘ldi" - deydi Jizzaxdan fermer Ma‘murjon Azimov - "Bizda sug‘orma bug‘doy ekiladi va shu bois qurg‘oqchilik katta ta‘sir etmadi".

Ammo qurg‘oqchilik O‘zbekistonda chorvachilikka katta zarar yetkazgani aytiladi. Bu borada rasmiy hisobotlar kam, lekin guvohlar va chorvadorlarning bildirishicha, o‘tgan yili janubiy viloyatlarda keskin kechgan qurg‘oqchilik bois ko‘p qo‘y-qo‘zilar nobud bo‘lgan.

Bu esa O‘zbekistonda shundoq ham ko‘pchilik uchun qo‘l yetmas go‘sht mahsulotlarining yanada qimmatlashuviga sabab bo‘lishi mumkin.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.