BBC navigation

O‘zbekistonlik qochqinlar Stromsund shahrini tark etishmoqdami?

Сўнгги янгиланиш 18 октябр 2012 - 15:53 GMT

Ўзбекистонлик қочқинлар Стромсунд шаҳрини тарк этишмоқдами?

Интернет ахборот нашрларида тарқалган баъзи хабарларда Швециянинг Стромсунд шаҳрида ўзбекистонлик таниқли имом Обидхон Қори Назаров жонига суиқасд уринишидан сўнг, у ердаги қочқинлар шаҳарчани ташлаб кетиш пайига тушиб қолишгани ҳақида ёзилган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Ayni hujumni rejalashda aloqador ko‘rilgan o‘zbekistonliklar mahkama tarafidan oqlangan

Internet axborot nashrlarida tarqalgan ba‘zi xabarlarda Shvetsiyaning Stromsund shahrida o‘zbekistonlik taniqli imom Obidxon Qori Nazarov joniga suiqasd urinishidan so‘ng, u yerdagi qochqinlar shaharchani tashlab ketish payiga tushib qolishgani haqida yozilgan.

Lekin, BBC bilan suhbatda bo‘lgan o‘zbeklar jamoasi vakili ushbu xabarlarni rad etdi.

Unga ko‘ra, xavfsizlik qo‘rquvlari tufayli Stromsunddan hech kim ko‘chib ketayotgani yo‘q, biroq boshqa sabablar bois o‘z yashash joylarini o‘zgartirish hollari kuzatilib turadi.

Obidxon qori Nazarov shu yilning 22 fevralida Shvetsiyaning Stromsund shaharchasidagi o‘z uyi yo‘lagida noma‘lum qurolli tomonidan otib ketilgandi.

54 yoshli Obidxon qori Nazarov hamon shifoxonada koma holatida yotibdi.

Ayni hujumni rejalashda aloqador ko‘rilgan o‘zbekistonliklar mahkama tarafidan oqlangan.

Ammo, yaqinda Shvetsiya matbuoti taniqli o‘zbek imomi Obidxon qori Nazarov joniga qasd qilishga urinishda gumonlangan shaxs bir necha kun muqaddam Rossiyada qo‘lga olingani haqida xabar tarqatgandi.

Obidxon qori Nazarovning o‘g‘li Dovudxon otasining ahvolida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotgani haqida aytgandi.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.