BBC navigation

"Jund al - Xilafa" jangari guruhi rahbari o‘ldirilgan"

Сўнгги янгиланиш 18 октябр 2012 - 14:31 GMT

"Jund al - Xilafa" Qozog‘istonda bir necha qo‘poruvchilik amaliyotlarini olib borganini da‘vo qilgan

Shimoliy Vaziristonda "Jund al - Xilafa" guruhi lideri Mo‘eziddin Garsalloviy o‘ldirilgani haqida jangarilar faoliyatini yaqindan kuzatib boruvchi SITE Intelligence Group vebsahifasi ma‘lum qilmoqda.

"Jund al - Xilafa" Qozog‘istonda bir necha qo‘poruvchilik amaliyotlarini olib borganini da‘vo qilgan. Qozog‘iston prokuraturasi esa, ushbu tashkilotni terrorchi deya e‘lon qilib mamlakat ichida uning faoliyatiga chek qo‘ygan edi.

Mo‘eziddin Garsalloviyning qachon o‘ldirilgani haqida aytilmagan. Ammo, ushbu xabar Amerika uchuvchisiz boshqariladigan uchog‘ining Shimoliy Vaziristonga qilgan hujumidan ikki kun o‘tib chiqqan. Hujumlar natijasida 23 kishining halok bo‘lgani aytilgan edi.

SITE Intelligence Group vebsahifasidagi xabarda aytilishicha, asli kelib chiqishi tunislik bo‘lgan Garsalloviy bundan tashqari "Al Qayravoniy" guruhining ham a‘zosi bo‘lgan va afg‘on-pokiston chegarasidagi portlashlarni tashkillashtirgan hamda jangarilarni tayyorlagan.

Bundan tashqari, u ayrim qozog‘istonlik jangarilarni ham keyinchalik Qozog‘istonda qo‘poruvchilik amallari uchun tayyorlagani aytiladi.

Xabarda yozilishicha, Garsalloviy "Tuluz mergani" deb ataluvchi Muhammad Merahning ham ustozi bo‘lgan. Muhammad Merah shu yilning mart oyida Frantsiyaning Tuluz shahridagi yahud maktabida 3 o‘quvchi va bir o‘qituvchini otib o‘ldirgandi.

"Jund al – Xilafa" guruhi Qozog‘istondagi bir necha qo‘poruvchiliklarni o‘z zimmasiga olgandi.

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma‘lumotlariga ko‘ra ushbu tashkilot 2011 yilning yoz oyida qozog‘istonlik Rinat Xabidullo, O‘rinbosar Munatov va Damir Znaliyev tomonidan Qozog‘iston hududida jihod uyushtirish maqsadida tuzilgan.

Kuzatuvchilar jangari guruhning Qozog‘istonda qo‘poruvchilik amallarini olib borib o‘z zimmasiga olganiga shubha bilan qarashadi.

"Qozog‘iston musulmonlar ittifoqi" raisi Murat Telibekov portlashlar ortidan qilingan ushbu bayonotlar Qozog‘istonda juda ham ko‘plab shubhalar uyg‘otganini aytadi.

"Shaxsan menda ushbu bayonotlar va terror amaliyotlari qo‘pol va havaskor qalbakilashtirilgan ishdek tuyuldi. Jamoatchilik ongida afsona va sun‘iy tahdid yaratish uchun qilingandek. Men avval boshdan ushbu guruhning mavjudligiga shubhalanib kelganman", - deydi Murat Telibekov.

Telibekov janoblariga ko‘ra, ko‘plab jamiyatlar ichki muammolardan odamlarni chalg‘itish uchun dushman timsolini yaratishga intilmoqda. Qozog‘iston ham bunday muammolardan holi emas, ulardan odamlarni chalg‘itish uchun bu kabi jangari guruhlar o‘ylab topilgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu portlashlarga qadar neftga boy Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi boshqa ayrim qo‘shnilaridan farqli tarzda bu kabi amallarga sahna bo‘lmagandi.

--------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.