BBC navigation

"Obama jangga qaytdi" va yo amerikalik o‘zbekning kuzatuvlari

Сўнгги янгиланиш 18 октябр 2012 - 13:24 GMT

"Obama qaytdi", "Prezident zarba ketidan zarba berdi", "Shijoatli Obama zarbani qaytardi", bular - Obama va Romni o‘rtasida saylovoldi telebahsning ikkinchi davrasi yakunlanganidan so‘ng gazeta va internet nashrlari chop etgan sarlavhalarning ba‘zilari.

Ularni o‘qigan odam gap bokschilar kurashi haqida ketyapti, degan fikrga borishi mumkin. Lekin, Amerika prezidentiligiga da‘vogar Prezident Barak Obama va uning raqibi Mitt Romning ikkinchi telemunozarasini kuzatgan odamda aynan shunday taasurot paydo bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

Men ham barcha ishlarimni chetga surib, mana shu bahsni hayajon bilan tomosha qildim.

Chunki, ilk munozarada Barak Obama o‘z raqibi hujumlarini deyarli javobsiz qoldirib, zaifdek ko‘ringan va men: "Nega Obama Romniga bas kela olmadi, raqibining haqiqatga zid baënotlarini inkor qilmadi va nima uchun odamlar haëtini yaxshilashga qaratilgan ishlari haqida deyarli gapirmadi", deya jahlim chiqqandi.

Ammo, ikkinchi munozarada mutlaqo o‘zgacha Obamani ko‘rdim. Tabiatan anchayin kamtar va madaniyatli Obama bu gal Romnining hujumkor va hatto qo‘pol taktikasiga bo‘sh kelmadi.

U raqibining iqtisod, aëllar masalasi, sog‘liqni saqlash tizimiga oid qarashlari va rejalarini fosh qildi. Bu safar Barak Obama xalqqa, minglab saylovchilarga murojaat qilishdek noëb imkoniyatni qo‘ldan boy bermadi.

U o‘z rahbarligida to‘rt yil ichida amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qonunlar mohiyatini imkon qadar sodda qilib tushuntirdi va bu ishlar odamlar haëtiga kanday ta‘sir ko‘rsata boshlagani borasida birma-bir so‘zladi.

Xususan, u odamlar orasida va matbuotda "Obamacare", ya‘ni Obamaning sog‘liqni saqlash dasturi deb nom olgan qonun afzalliklaridan gapirdi.

Mana shu qonunga binoan, shu paytgacha u ëki bu xastalik tufayli yo-da, ishsizligi bois sug‘urta ololmay yurgan minglarcha odamlar ilk bor kafolatlangan tibbiy xizmatlardan bahramand bo‘lishmoqda.

Amerika tashqarisimda yashovchi odam: "Tibbiy sug‘urtaning ahamiyati neqadar?" deb so‘rashi mumkin. Sobiq sovet mamlakatlari va qator g‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq, AQShda tibbiy xizmatlar qiymati o‘ta baland. Sug‘urtasi bo‘lmagan kishi og‘ir kasallikka chalinsa, tibbiy mulojaalarni qoplash uchun u va oilasi xonavayron bo‘lishi, hatto uysiz-joysiz qolishi mumkin.

Nazarimda, Prezident Obama tarixda qoladigan qonunni kuchga kiritdi. Chunki, undan oldin bir necha demokrat-prezident yirik sug‘urta kompaniyalari va ularni qo‘llovchi siësatchilarning ashaddiy qarshiligi bois bu ishning uddasidan chiqa olmagandi.

Barak Obama tez-tez o‘z qizlarini misol keltirib, xotin-qizlar huquqlarini himoya kilish ahamiyati haqida gapiradi. U prezident sifatida imzolagan ilk qonun aëllar va erkaklar bilan maoshlarini tenglashtirish haqidagi farmon bo‘ldi.

Prezident Obama moliyaviy soha tartibga keltirish yo‘lida ham ancha ishlarni amalga oshirdi. Uoll Strit, ya‘ni moliyaviy tizim islohoti natijasida banklar faoliyati, ularning kredit va ipoteka pullarini berish qoidalari ma‘lum nazorat ostiga olindi.

Obama ta‘lim sohasida ham muhim qonunlar joriy qildi. Ayni qonunlar asosida malaka oshirish ëki yangi kasb-hunar o‘rganish va bu bilan ish topish imkoniyatlarini kengaytirish istagidagi yuzlab odamlar davlat stipendiyasiga ega bo‘ldilar. Kredit olib o‘qiyotgan ëshlar esa, bankka kamroq foiz to‘lashadigan, demakki, qarzi kamayadigan bo‘ldi.

Albatta, Barak Obamaning raqibi aytaëtgan tanqidlarida jon bor. Ishsizlik darajasi yuqori, avvallari eng barqaror sarmoya hisoblangan ko‘chmas mulk narxlari pasayib ketgan. Binzen va oziq-ovqat narxlari kundan-kunga oshib boryapti.

Alal-oqibat hukumat tepasiga kim kelishini saylovchilar hal qiladilar

Alal-oqibat hukumat tepasiga kim kelishini saylovchilar hal qiladilar

Суратни катталаштириш

Mamlakatning tashqi qarzi borasida esa, aql bovar qilmaydigan raqamlar berilmoqda. Ammo, adolat nuqtai nazaridan qarasak, Obama ma‘muriyati rejalagan hamma ishlarini amalga oshirolmagani, iqtisod faqat mo‘‘tadil sur‘atlarda o‘nglanaëtganiga prezidentning Kongressdagi respublikachi raqiblarining muntazam sabotaj harakatlari ham sababdir.

Respublikachilar yetakchilari Obamaning bir muddatli prezident bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilganlarini yashirmay gapirganlar. Shuning uchun, ularning Obama iqtisodni yaxshilashni uddasidan chiqolmagani haqidagi bugungi tanqidlari munofiqlikdek tuyiladi.

"Obama mehnatlari meva bermoqda"

Bizning oila ham minglab o‘rta hol odamlar qatori Barak Obamadan ko‘proq ishlarni amalga oshirishini kutgan edi.

Ammo, u hozirgacha joriy eta olgan qonunlar meva berayotganini oilamiz misolida ko‘rish mumkin. Masalan, sog‘liqni saqlash sohasi islohoti natijasida farzandlarimiz oilaviy sug‘urtani saqlab qolish imkoniga ega bo‘ldi. Ilgari 21 ëshga to‘lgan ëki oliy ta‘lim muassasini bitirgan ëshlar ota-onasi sug‘urtasidan chiqarib yuborilgan.

Yana bir yengillik shu bo‘ldiki, oylikdan olinadigan soliqlar kamaytirildi. Bu degani, o‘rta daromadli oilalar yiliga taxminan 2, 500 dollarni ro‘zg‘ori uchun saqlab qoladigan bo‘ldi.

Bank islohoti ham oilamizga ërdam berdi. Oldin bank hisobingizda yetarli mablag‘ bo‘lmasayu bank kartasini ishlatsangiz katta jarima olinardi.

Masalan, bank masalasida tajribasiz bo‘lgan o‘g‘lim hisobida puli kamligini bilmay, o‘ziga bir-ikki marta 5-6 dollarlik ovqat ëki ichimlik sotib olgan hollar bo‘lgan. Bank esa, har gal unga 35 dollarlik jarima solgan. Obama amalga oshirgan islohot tufayli bunday amalga chek qo‘yildi: agar hisobingizda pul kam bo‘lsa, bank kartasini ishlata olmaysiz, vassalom.

Ayni islohotlar natijasida biz ipoteka shartlarini ham yaxshilashga muvaffaq bo‘ldik. Ilgari esa, banklar turli-tuman sabablarni ro‘kach qilib, ipoteka foizlarini pasaytirishdan bosh tortib kelardi.

Barak Obama prezidentlikka kelgan paytdagi vaziyatni to‘zib ëtgan bir xonadon bilan qiëslash mumkin. Nazarimda, mamlakat asta-sekin hamma narsani tartibga keltirish bosqichidan o‘tdi. Endilikda, mana shu ishlar o‘z mahsulini bera boshlashiga umid bor. Barak Obama o‘zi boshlagan ishlarini davom ettirish imkoniyaga ega bo‘ladimi yo‘qligini 6 noyabr kuni saylovchilar hal qilishadi.

-------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.