BBC navigation

AQSh Tolibon va O‘IH ta‘minotchilari hisoblarini muzlatdi

Сўнгги янгиланиш 18 октябр 2012 - 14:17 GMT

Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi Tolibonni va Pokistonu Afg‘onistondagi boshqa jangari tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston Islomiy Harakatini moliyaviy dastaklashda gumon qilingan uch shaxsga qarshi jazo choralari kiritgan.

AQSh Moliya vazirligi bayonotida yozilishicha, Pokistondan faoliyat olib borgan Mavlaviy Adam Xon Achekzay, Amir Ali Chaudhri va Qori Ayyub Bashirga tegishli bank hisoblari muzlatiladi va amerikaliklarni ular bilan moliyaviy yo-da, boshqa bir tujjoriy hamkorlik qilishlari man etiladi.

AQSh Moliya vazirligining bildirishicha, Adam va Chaudhri Tolibon va Pokistondagi Tehriki-Tolibon uchun portlovchi vositalar ishlab chiqarishda ko‘maklashishgan.

Qori Ayyub Bashir esa, Afg‘oniston va Pokistonda joylashib olgan O‘zbekiston Islomiy Harakatiga moliyaviy dastaklarni muvofiqlashtirishda gumon qilinadi.

Terrorizm va moliya josusligi uchun ma‘sul Devid Koen: "Mazkur amallar Afg‘oniston va Pokistonda faoliyat qilayotgan terrorni dastaklovchi tarmoqlarga qarshi kurashni davom etishimiz hamda portlovchi vositalar ishlab chiqarishga bosh qo‘shganlarga alohida e‘tibor qaratayotganimizni namoyish etadi", deb aytgan.

Moliya vazirligiga ko‘ra, Chaudhri Pokistondagi Tehriki-Tolibon harakati elektronik va portlovchi vositalar bo‘yicha mutaxassisi bo‘lgani va 2010 yil mayida Nьyu Yorkdagi Tayms xiyobonida bomba hujumini uyushtirish uchun qanday moddalardan foydalanishga maslahat berganlikda gumon qilinadi.

Vazirlik press-relizida aytilishicha, Adam Tolibon harakatining asosiy a‘zolaridan biri va portlovchi vositalar va xudkushlik nimchalari ishlab chiqarishga mas‘ul bo‘lgan. Aytilishicha, u Islomiy guruhlarni dastaklovchi yana 150 nafar bomba yasovchi shaxsni tayyorlovdan o‘tkazgan.

AQSh Moliya vazirligi tomonidan Bashir deb atalayotgan shaxs esa, O‘zbekiston Islomiy Harakati moliyaviy masalalari bo‘yicha mas‘uli bo‘lgan. U turli manbalardan keladigan moliyaviy ko‘maklarni muvofiqlashtirib turgan.

------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.