BBC navigation

Amerika vakillari bilan uchrashuvga ketayotgan faollar to‘xtatib qolindi

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 13:57 GMT

Америка вакиллари билан учрашувга кетаётган фаоллар тўхтатиб қолинди

Тошкент вилояти Паркент туманида АҚШ Давлат Департаменти вакиллари билан учрашувга кетаётган икки аёл фаолни милиция ушлаб кетган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Toshkent viloyati Parkent tumanida AQSh Davlat Departamenti vakillari bilan uchrashuvga ketayotgan ikki ayol faolni militsiya ushlab ketgan.

Ayollar ma‘lum muddatdan so‘ng Parkentdan chiqmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgani xabar qilinadi.

Aytilishicha, AQSh vakillari inson huquqlari himoyachilari bilan diniy motivda qamalganlar masalasida suhbat o‘tkazishlari kerak bo‘lgan.

Parkentda ushlab qolingan ayollarni qutqazishga harakat qilgan inson huquqlari faoli Shuhrat Rustamovga ko‘ra, uchrashuv Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Ayni paytda O‘zbekistonga tashrif buyurgan AQSh Davlat departamentining diniy erkinliklar bo‘yicha mas‘uli Daniyel Nadel Toshkentdagi Mustaqil inson huquqlari himoyachilari tashabbus guruxi rahbari Surat Ikromovning uyiga tashrif buyurib, ayni mavzuda muloqot olib borgan.

O‘zbekiston Qo‘shma Shtatlarning diniy erkinliklar sohasida alohida xavotir uyg‘otuvchi davlatlar ro‘yxatidan joy olgan.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.