BBC navigation

Pussy Riot qatnashchilari jazo koloniyalariga o‘tkazilgan

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 13:40 GMT

Qizlar Putinni ochiq qo‘llagani uchun Patriarx Kirillni hajv etishganini aytishgan

Rossiyadagi Pussy Riot pank-guruhining ikki a‘zosi Moskva sharqida joylashgan jazoni o‘tash muassasasiga jo‘natilgan.

Mazkur jazoni o‘tash muassasalarida sharoitlar o‘ta og‘irligi aytiladi.

Pank guruhi a‘zolari diniy motivlar asosidagi bezorilikda ayblangan va avgust oyida mahkama qarori bilan ikki yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Himoyachilarining aytishicha, Pussy Riot pank-guruhi ishtirokchilari Mariya Alexina va Nadejda Tolokonnikovalar ikkita har xil koloniyalarga yuborilgan.

Hozircha Rossiya Jazoni ijro etish boshqarmasi bu xabarni rasman tasdiqlagani yo‘q.

Tolokonnikovaning turmush o‘rtog‘i Petr Verzilovning aytishicha, uni Mordoviyaga koloniyaga jo‘natishgan, Alexina esa Perm o‘lkasidagi jazoni ijro etish muassasida.

Verzilovning aytishicha, Pussy Riot qatnashchilarining boshqa koloniyalarga yuborilgani haqidagi xabarning manba‘si ular avval saqlangan 6-tergov hibsxonasi ma‘muriyatidir.

Bu ma‘lumotni ularning himoyachisi Violetta Volkova ham Twitterdagi sahifasida tasdiqlagan.

Rossiya qamoqxonalarining ro‘yxati berilgan "Tyurem.net" web sahifasiga ko‘ra, ushbu mintaqalarda ayollar uchun ikkita axloq tuzatish koloniyalari joylashgan.

Bular- Mordoviyadagi JX-385/14 va JX-385/2 koloniyalari hamda Perm o‘lkasidagi UT-389/28 va UT-389/18 koloniyalaridir.

Avvalroq Alexina va Tolokonnikova mahkamadan farzandlari 14 yoshga yetgunicha jazo ijrosini to‘xtatib turishni so‘rashgandi.

Ulardan birining besh yashar, ikkinchisining esa to‘rt yashar farzandlari bor.

Cherkovdagi norozilik

Pussy Riot ishtirokchilari Tolokonnikova, Alexina, shuningdek, Yekaterina Samutsevichlar shu yil avgustida ikki yillik axloq tuzatish koloniyalariga mahkum etilgandi.

Oktbyar oyida mahkama Samutsevichning jazo muddatini shartli jazoga o‘zgartirgan.

Cherkov mehrobida aksilhukumat norozilik amali o‘laroq boshiga balaklava o‘rab, ashula aytgan Pussy Riotning harakati nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda turli fikrlarga sabab bo‘lgan.

Rus provoslav cherkovi Rossiya hukumatiga Pussy Riotning mahkum qatnashchilariga nisbatan boshqa shakkoklik harakatlarini qaytarilmasligi umidida, "mehr-shafqat" qilishni so‘ragan.

Qizlarga jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish, provoslav nasroniylari qadriyatlariga qarshi borish va provaslavlarning tuyg‘ularini oyoq-osti qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Mahkamaning oxirgi kunida Tolokonnikova, Alexina va Samutsevich o‘zlarining harakatlari bilan cherkovga emas, Vladimir Putinni ochiq qo‘llagani uchun Patriarx Kirillni hajv etishganini aytishgan.

AQSh, Ovro‘po Ittifoqi va huquqni himoya qilish tashkilotlari Iso Masih Iso Masih ehromida qo‘shiq aytganlari uchun Pussy Riot qizlariga chiqarilgan hukmni qoralashgan.

Ovro‘po Ittifoqi chiqarilgan hukmni "nomutanosib" deya atagan.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.