BBC navigation

BBC mehmoni - Rifat Gumerov

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 15:35 GMT

Rifat Gumerov O‘zbekistondagi faol ijod qilayotgan rusiyzabon adiblardan biri

O‘zbekistonlik rusiyzabon adib Rifat Gumerovga savol bering.

Rifat Gumerov 1958 yilda Qozog‘istonning Jambul viloyati, Talas tumanidagi Uch orol qishlog‘ida dunyoga kelgan.

Farg‘ona va Toshkentda yashab, ijod qiladi.

Adabiy taxallusi-Umar Rifat Bek Mansur Al-Farg‘oniy.

Shoir, yozuvchi, noshir va faylasuf Rifat Gumerov Avstriya Ma‘naviy an‘analar akademiyasining haqiqiy a‘zosidir.

U Farg‘ona Davlat Universiteti, Moskvadagi Gorkiy nomli adabiyot instituti hamda Toshkent Davlat Universiteti aspiranturasida tahsil olgan.

Rossiya Yozuvchilar uyushmasi Moskva bo‘limi boshqaruvi hamda "Yosh Gvardiya" nashriyotlarida ishlagan.

Rifat Gumerovning asarlari "Drujba narodov", "Yunost", "Zvezda Vostoka", "Literaturnaya gazeta" va boshqa ko‘plab nashrlarda chop etilgan.

U rus tilidagi "Kabisa yoz" (1989), "Sadoninng surati" (1990) hamda "Dixi" kitoblari muallifi.

"ARK" adabiy-badiiy almanaxi bosh muharriri, shuningdek, "Mir. R" xalqaro loyihasi rahbari va hammualliflaridan.

Rifat Gumerov hozirda besh jildi dunyo yuzini ko‘rgan 50 jildlik "Markaziy Osiyo zamonaviy rus adabiyoti antologiyasi"ning asoschisi va noshiri hamdir.

Uning she‘rlari o‘zbek tiliga Maqsud Bekjon, Sirojiddin Sayyid va Abdul Jalil kabi shoirlar tomonidan o‘girilgan.

Rifat Gumerovning o‘zi Rauf Parfi, Bahrom Ro‘zimuhammad, Yahyo Tog‘a va boshqa o‘zbek shoirlarining she‘rlarini rus tiliga tarjima qilgan.

BBC mehmoniga savollaringizni sahifamiz pastidagi maxsus forma orqali yo‘llang.

Suhbatni shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz, uning to‘liq matni bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.