BBC navigation

Amerika Eron bilan muzokaralar boshlanganini rad qilgan

Сўнгги янгиланиш 22 октябр 2012 - 12:05 GMT

Oq Uy rasmiylari New York Times ro‘znomasining Eron o‘zining yadro loyihasi bo‘yicha AQSh bilan yakkama-yakka muzokaralarga rozi bo‘lgani haqidagi xabarini tasdiqlamagan.

Oldinroq ro‘znomaning noma‘lum manbaga tayanib tarqatgan xabarida aytilishicha, Eron tomoni birinchi bor Amerika bilan muzokaralarga 6 noyabrda bo‘lishi mo‘ljallangan AQSh prezidentlik saylovlaridan keyin o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan.

Oq Uy vakillari Eron va Amerika o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar haqida hali kelishilmaganini aytishgan.

G‘arb davlatlari va Isroil Eronni yadro quroli ishlab chiqarayotganlikda gumon qiladi. Rasmiy Tehron bu iddaolarni rad qilib, loyiha butunlay tinchlik maqsadlarini ko‘zlaganini ta‘kidlaydi.

Amerikada boshlangan saylovoldi kampaniyasida Eron bilan munosabatlar tashqi siyosat bobida asosiy masalalardan biriga aylangan.

Prezident Barak Obama va uning raqibi respublikachi Mitt Romni dushanba kuni saylovoldi debatlarining yakuniy bosqichini boshlashadi. O‘zaro bahslarning mavzusi aynan AQSh tashqi siyosati borasida bo‘lishi kutilmoqda.

Saylovoldi kampaniyasi bahslarida Mitt Romni Prezident Obamani Eronga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lmaganlikda ayblagan.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.