BBC navigation

Jahon Banki: O‘zbekistonda biznes uchun sharoit yaxshilanmoqda

Сўнгги янгиланиш 23 октябр 2012 - 14:13 GMT

Jahon Bankiga ko‘ra, biznes yuritish uchun sharoitlar dunyoning aksar mamlakatlarida yaxshilanmoqda

Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) va Jahon Bankining seshanba kuni chiqargan qo‘shma hisobotiga ko‘ra, rivojlanayotgan mamlakatlarda tadbirkorlar uchun biznes yuritish so‘nggi o‘n yil ichida eng qulay sharoit yaratilgan.

Mualliflarga ko‘ra, birgina o‘tgan yilning o‘zida dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida biznes yuritishni osonlashtirishga qaratilgan 200 dan ziyod qonun va tartiblar kuchga kirgan.

IFC va Jahon Banki biznes muhiti borasida o‘n yildan buyon hisobot tayyorlab keladi.

O‘nta ko‘rsatkichga asoslangan biznesni rivojlantirish reytingi dunyoning 185 mamlakatini qamrab olgan.

"2013 yilda biznes yuritish: Kichik va o‘rta shirkatlar faoliyatini tartibga solishda oqilona yondashuv" nomli bu yilgi hisobotda aytilishicha, so‘nggi yil davomida o‘tkazilgan islohotlarning aksari Sharqiy Ovro‘po va Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri kelgan.

Yangi hisobotda Markaziy Osiyo mamlakatlarida tadbirkorlikni osonlashtirishga qaratilgan muhim islohotlar o‘tkazilayotganini alohida qayd etiladi.

Unda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarida shirkatlarning rivojlanishi uchun sezilarli to‘siqlar mavjud bo‘lgan sohalar ham ko‘rsatilgan.

Hisobotda tadbirkorlar uchun qulay muhit raqobatbardoshlikni kuchaytirishi va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qilishi ta‘kidlanadi.

"Markaziy Osiyoning qator mamlakatlarida erishilgan ijobiy natijalar islohotlar hukumatning kuchli moyilligi bo‘lgan mintaqalarda o‘tkazilishini ko‘rsatadi", - deb aytgan Jahon Bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Saroj Kumar Ja.

Singapur qatorasiga yetti yildan buyon biznes uchun qulay sharoitlar yaratilgan dunyoning yetakchi mamlakati bo‘lib kelmoqda.

Ushbu reytingda ilg‘or o‘ntalikka Singapurdan tashqari yana Honkong, Xitoy, Yangi Zelandiya, Qo‘shma Shtatlar, Daniya, Norvegiya, Britaniya, Koreya, Gurjiston va Avstraliya kiritilgan.

Biznes yuritish uchun sharoitlar sezilarli darajada yaxshilanayotgan davlatlar sirasiga esa Markaziy Osiyodan ikki mamlakat – Qozog‘iston va O‘zbekiston kiritilgan.

O‘zbekiston bir yil ichida 14 pog‘ona ko‘tarilib, 185 mamlakat orasida 154 o‘ringa chiqib olgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.