BBC navigation

Berlinda lo‘lilar xotirasiga yodgorlik ochiladi

Сўнгги янгиланиш 24 октябр 2012 - 11:31 GMT

Fashistlar tomonidan genotsid qilingan lo‘lilarga bag‘ishlangan yodgorlik qurilishiga 20 yildan ortiq vaqt ketgan.

Fashistlar davrida genotsid qurbonlari bo‘lgan lo‘lilar xotirasiga Olmoniyada yodgorlik qurilgan.

Uzoq yillik bahsu munozalardan so‘ng qurilishiga ruxsat berilgan ushbu yodgorlikni Olmoniya Kantsleri Angela Markel ochib beradi.

Tarixchilarga ko‘ra, fashistlar zulmidan Ikkinchi Jahon urushi paytida 220 mingdan yarim milliongacha lo‘lilar halok bo‘lgan.

Reyxstag yaqinidagi Tirgarten bog‘iga o‘rnatilgan yodgorlikning o‘rtasiga suv to‘ldirilgan idish aks ettirilgan.

Olmoniya Kantsleri yodgorlikni qurishga ancha vaqt ketganini ta‘kidlar ekan, Xolokost qurbonlari bo‘lgan yahudiylar yodgorligi uchun ham 15 yildan ko‘p vaqt kerak bo‘lganini aytadi.

"Bizda xotira madaniyati bo‘lishi muhim deb hisoblayman", - deb aytgan memorialning ochilishiga bag‘ishlangan intervyusida Angela Markel.

"Har bir avlod o‘zining tarixini qaytadan anglashi lozim va buning uchun tirik guvohlar qolmagan taqdirda odamlar borib ko‘radigan tarixga bag‘ishlangan joy bo‘lishi kerak", - deydi Markel xonim.

Lo‘lilar xotirasiga bag‘ishlangan marosimda shuningdek Olmoniya Prezidenti Ioaxim Gauk va Olmoniyadagi lo‘lilar jamiyatining 100ga yaqin vakillari ham qatnashishadi.

Natsistlar davrida halok bo‘lgan lo‘lilar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik muallifi isroillik haykaltarosh Dani Karavan hisoblanadi.

Xotira obidasida suv to‘ldirilgan idish atrofiga italiyalik shoir Santino Spinellining "Osventsim" she‘ridan satrlar o‘yib yozilgan.

Uning yonida fashistlarning lo‘lilarni genotsid qilish kampaniyasi yillari ko‘rsatilgan.

1982 yil Olmoniya rasmiy tarzda Olmoniya va Avstriyada yashab kelgan lo‘lilarning roma va sinti urug‘lariga nisbatan fashistlarning olib borgan siyosati genotsid bo‘lganini tan oladi.

Olmonida istiqomat qiladigan lo‘lilarning roma va sinti avlodlari Markaziy kengashi rahbari Romani Roze ham yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etadi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.