BBC navigation

Rossiya: "Muhojir qo‘llanmasi" markaziy osiyoliklarni g‘azabga keltirdi

Сўнгги янгиланиш 24 октябр 2012 - 14:46 GMT

Россия: 'Муҳожир қўлланмаси' марказий осиёликларни ғазабга келтирди

Россиядаги марказий осиёлик муҳожирлар ташкилотлари меҳнат муҳожирлари учун чоп этилган зиддиятли қўлланма муаллифларини маҳкамага тортиш билан таҳдид қилишган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Qo‘llanmada rossiyaliklar odam, muhojirlar esa mehnat qurollari sifatida tasvirlangan

Rossiyadagi markaziy osiyolik muhojirlar tashkilotlari mehnat muhojirlari uchun chop etilgan ziddiyatli qo‘llanma mualliflarini mahkamaga tortish bilan tahdid qilishgan.

Ularga ko‘ra, "Mehnat muhojiri spravochnigi" muhojirlarning milliy tuyg‘ularini tahqirlaydi.

Rus, o‘zbek,tojik va qirg‘iz tillarida chop etilgan qo‘llanmada mehnat muhojirlari supurgi, kurak va andava kabi mehnat qurollari sifatida tasvirlangan. Tojikiston hukumati qo‘llanma ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona bayonotlar ohangiga zid ekanini aytgan.

Qo‘llanma mualliflari bo‘lgan Sankt-Peterburgdagi "Kelajakka nigoh" tashkiloti rahbarlari uni chop etishdan avval mehnat muhojirlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazganliklari va hech kim qo‘llanmadan shikoyat etmaganini aytishgan.

Sankt-Peterburg shahridagi "Umid" Uzbekiston hamyurtlari mintaqaviy jamiyati rahbari Alijon Haydarovning BBCga aytishicha, qo‘llanmadan nafaqat mehnat muhojirlari, balki Rossiyada yashayotgan barcha o‘zbeklar g‘azabga kelishgan.

U mehnat muhojirlarining bor-yo‘g‘i 10 foizi qurilish ishlarida bandligi, ko‘pchilik shirkatlar va tashkilotlarda mehnat qilishi, o‘zbeklar orasida universitetlarda tahsil olayotgan yigit-qizlar soni yildan-yilga oshib borayotganini aytadi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.