BBC navigation

"Oltin gepard" kinoforumi jyurisi raisi: sodda va begunoh qadam

Сўнгги янгиланиш 25 октябр 2012 - 12:33 GMT

Yaqinda Toshkentda "Oltin gepard" kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kinofestival tashkilotchisi Prezident Karimovning to‘ng‘iq qizi Gulnora Karimova rahbarligidagi "Fond Forum" deb nomlanadigan jamg‘arma bo‘lgan va kinoforum hay‘ati raisi, britaniyalik film va televideniye milliy maktabi direktori Nik Pauell edi.

Bundan oldin Gulnora Karimova tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlarda ishtirok etgan taniqli san‘atkorlar qattiq tanqidlar ostida qolgandilar.

BBC Nik Pauell bilan bog‘lanib, dastlab O‘zbekistondan olgan taassurotlari bilan qiziqdi.

Nik Pauell: Bu juda ajoyib safar bo‘ldi, qizim bilan birga borib Toshkentni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldik. Men jahonning bu qismiga birinchi bor safar qilishim edi. O‘zbekiston chuqur madaniyatga ega yer ekan. Juda ko‘ngilni ko‘taruvchi va maroqli safar bo‘ldi. Odamlari juda mehmondo‘st, bironta ham do‘stona bo‘lmagan odamni uchratmadim. Toshkentda qandaydir bir yuksak ko‘tarinkilik, ayniqsa san‘at sohasi atrofida ko‘tarinkilik mavjud. Toshkent nafaqat O‘zbekistonning, balki butun mintaqaning zamonaviy san‘at markazi ekan. Ko‘plab tarixiy obida va binolar bilan birga zamonaviy me‘morchilik asarlari ham talaygina. Masalan Sofi Ellis Bekstor kontsert bergan bino.

BBC: Ushbu festivalning homiylari haqida qanday fikrdasiz?

Nik Pauell: "Forum" jamg‘armasi, menimcha, bu vazifani juda yaxshi amalga oshirgan. Filmlar festivalidan tashqari kontsertlar, san‘at haftaligi - bularning hammasi juda yaxshi tashkillashtirilgandi.

BBC: O‘zbekistonga borishga rozilik berishdan avval qanday mamlakat ekanligini o‘rganib ko‘rdingizmi, qo‘lingizda qanday ma‘lumotlar bor edi?

Nik Pauell: Juda kam ma‘lumotga ega edim. O‘rganib ko‘rish uchun vaqtim juda kam edi. Odatda biron yerga borishdan avval obdon o‘rganib chiqishga harakat qilaman albatta, lekin bu gal umuman vaqtim bo‘lgani yo‘q.

BBC: Qaytib kelganingizdan keyin-chi, o‘rganib ko‘rishga harakat qildingizmi?

Nik Pauell: O‘zbekistondaligimda ma‘lumot olib, o‘rganib ko‘rishga harakat qilgan odamlar bilan gaplashdim, albatta. Jahon e‘tibor qaratayotgan ba‘zi masalalar bor ekan. Mamlakatning islomiy aqidaparast guruhlarga nisbatan siyosati, Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgani uchun kasb etadigan ahamiyati haqida bilib oldim. Paxta yig‘im-terimi atrofidagi ba‘zi muammoli masalalar haqida xabar topdim. An‘anaga muvofiq, o‘zbek oilalari, yosh bolalar doxil, har yili paxta terimida ishtirok etar ekanlar. Bu holat ba‘zilar tomonidan bolalar mehnatidan foydalanish, deya taqdim qilinmoqda. Mana shu borada o‘rganib ko‘rishga harakat qildim. Ko‘plab mamlakatlarda, hatto g‘arb davlatlarida ham hosil yig‘im-terimi vaqti oilalar bunda ishtirok etadilar, bolalar ham.

BBC: Olgan ma‘lumotlaringiz sizni dahshatga soldimi?

"Juda kam ma‘lumotga ega edim. O‘rganib ko‘rish uchun vaqtim juda kam edi. Odatda biron yerga borishdan avval obdon o‘rganib chiqishga harakat qilaman albatta, lekin bu gal umuman vaqtim bo‘lgani yo‘q. "

Nik Pauell

Nik Pauell: Yo‘q meni dahshatga solgani yo‘q, islomiy aqidaparast jihodiy guruhlarga qarshi qat‘iy siyosat mavjud narsa. G‘arb davlatlarida ham bu kabi siyosat bor narsa.

BBC: Bolalar mehnati masalasi-chi?

Nik Pauell: Agar bu yuzlab yillar mobaynida ana‘ana bo‘lsa, yilda bir marotaba chiqib, yig‘im terimda ishtirok etish an‘ana bo‘lsa. Bu yil bo‘yi muttasil bolalar mehnatidan foydalanishni anglatmasa. Jahon bo‘ylab bu narsa ko‘p uchraydi, men o‘zim ham bolalagimda hosil yig‘ishda ishtirok etganman. Lekin albatta O‘zbekistondagi voqelik borasida faktlar menga noma‘lum, men buni o‘rganib ko‘rishim kerak. Lekin men aniq aytishim kerak, men bolalar mehnatiga qarshiman. Mendagi hozir bor ma‘lumot O‘zbekistonda bu kabi hol yuz bermayotganligi haqida. Men hozircha aniq bilmayman, lekin hozirda bor ma‘lumotim shu.

BBC: Sizdan avval O‘zbekistonga borib marosimlarda ishtirok etgan taniqli shaxslar katta tanqid ostida qolgandilar, masalan Sting. Bundan xabaringiz bormidi?

Nik Pauell: Yo‘q, xabarim yo‘q edi, men yulduzlar hayotini aks ettiradigan jurnallarni o‘qimayman. Internetga kirib ham biron narsa o‘qib ko‘rmadim, ketayotgan mintaqam qanday ekanligidan umuman xabarim yo‘q edi. U yerda muammoli masalalar borligidan faqatgina u yerga borib, boshqalar bilan gaplashganimdan so‘nggina xabar topdim.

BBC: Mana endi ozgina xabar topibsiz, bu safaringiz sizning Britaniya film sanoatidagi taniqli shaxs sifatida tutgan o‘rningizga raxna soladi, deb o‘ylaysizmi?

Nik Pauell: Bilmadim, o‘ylashimcha men bu muammolar o‘ta jiddiy ekanligidan xabarsiz holda sodda va gunohsiz bir qadam qo‘ygan bo‘lsam kerak. Bu mavjud muammolarni yaxshilab o‘rganib chiqishim kerak, ko‘rinishicha bu narsalarning ikki tomoni bor. Faktlarni o‘rganish kerak, faktlarni bilmagunga qadar men bu kabi savollarga javob bera olayman.

BBC: Sizning nomingizdan diktatorlik rejimi, deya tanilgan hukumat vakillari o‘zlari uchun obro‘ ortirrishda foydalanishganidan so‘ng bu kabi tadqiqotni olib borish bir qadar kech deb o‘ylamaysizmi?

Nik Pauell: Balkim kechdir, lekin fakt shuki, men O‘zbekiston haqida hech narsa bilmasdim, muammolar mavjudligidan xabarim yo‘q edi. Albatta bularni avvaldan bilsam yaxshiroq bo‘lardi. Lekin nimalar bo‘layotganligini o‘rganib chiqish hech qachon kech bo‘lmasa kerak.

-------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.