BBC navigation

Haj safari: Pul va ziyorat

Сўнгги янгиланиш 25 октябр 2012 - 16:53 GMT

Musulmonlarning haj safari mamlakat uchun daromadli sohaga aylangan

Butun dunyodan millionlab musulmonlar Makkaga haj safarini qilishi Saudiya Arabistoni xazinasiga milliardlab dollar foyda olib keladi.

O‘tgan yilda Makkadagi 10 kunlik marosim davlat xazinasiga 10 milliard dollar kiritgan.

Neftdan ulkan foyda ko‘ruvchi mamlakat uchun musulmonlarning haj safarlari ham ulkan daromadli sohaga aylanib ulgurgan.

Biroq ziyoratchilar ruhiy ehtiyojlarini cho‘ntaklariga qarab muvofiqlashtirishga harakat qilishadi.

Tunislik 53 yoshli Muhammad Zayan haj ibodatlarini ado etishni bir umr orzu qilganini va buning uchun 6 ming dollar sarflab kelganini aytadi.

"Men bu pulni yig‘ishga imkon bergani uchun Allohga shukur aytaman", deydi janob Zayan, lekin afsuski, men xotinim va o‘g‘limni o‘zim bilan olib kelishga imkonim bo‘lmadi".

Har yili Makkaga safar qiluvchilar Saudiya Arabistoni iqtisodiga milliardlab dollar olib kirishadi.

Restoranlar, turistik agentliklar, aviashirkatlar va telefon kompaniyalari haj marosimi vaqtida eng katta foydani olishadi.

Saudiya Arabistonining muqaddas Makka shahrida ijaraga olish baholari eng yuqori hisoblanadi.

Bosh masjidga yaqin mehmonxonalarning egalari yerning narxi keskin oshib ketganidan shikoyat qilib bir kecha uchun 700 dollar so‘rashadi.

"Men bu sohaga 35 yildan buyon mablag‘ sarflab kelaman. Esimda bor, Makkadan birinchi bor bir metr yerni 15 real(3 dollar)ga sotib olganman.Hozirgi paytda uning narxi 80 ming real (22 ming dollar)ga yetdi, deydi Makkadagi ko‘chmas mulklarning yirik egasi Muhammad Said.

"Talab taklifni oshiradi va aynan shuning uchun keyingi yillarda oshib borayotgan ziyoratchilarni sig‘dirish uchun ko‘pgina bino va mehmonxonalar qurildi".

Shaharda qurilgan dabdabali mehmonxonalarda turish imkoniga hamma ziyoratchilar ham ega emas.

Ko‘p qavatli mehmonxonalar butun Makka bo‘ylab qurila boshlangan.

Yodgorliklar savdosi ham haj mavsumi paytida juda daromadli hisoblanadi.

Bu daromadli sohaning aynan qancha foyda keltirishi aniq bo‘lmasa ham, taxminlarga ko‘ra, har yili millionlab dollarlardan kam emas.

43 yoshli Abdul Raxmon ona yurti Mavrikiyga yaqinlari va do‘stlari uchun bir talay yodgorliklar bilan qaytmoqda. "Bular ilohiy, xosiyatli yodgorliklar", deydi u, dastlabki narxidan bir necha baravar qimmatga olgan aylana buyumni ko‘rsatar ekan.

Makkada joynamozlar va Xitoyda yasalgan tasbeh, munchoqlarning bozori juda chaqqon hisoblanadi.

Janob Abdul Rahmonning aytishicha, u Makkadan savdo qilganida o‘zgacha ruhiy ko‘mak olgandek bo‘ladi.

"Men sotuvchilarni qallob deb o‘ylamayman. Biz islomdagi birodalarimizga foyda qilishlari va turmushlarini yaxshilashlari uchun yordam bergan bo‘lamiz. Bu yuqori darajadagi savobdir", - deydi u.

Haj Islom dinidagi beshta farzdan biri bo‘lib, musulmon kishi iqtisodiy va jismonan bunga tayyor bo‘lib, qurbi yetsa buyuriladi.

Musulmonlarning birdamligi va Allohga e‘tiqodini namoyish etuvchi marosim qariiyb 1400 yildan buyon davom etib keladi.

Bu safar musulmonlarga qanchaga tushishi, iqtisodiy xarajatlarning oshib borayotganiga qaramasdan ziyoratchilar ruhiy ehtiyojlarini qondirishda davom etishadi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.