BBC navigation

Birmadagi qochqinlar soni 22 mingdan oshgan

Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2012 - 13:38 GMT

Birmaning Raxinya shtatida buddoyilar va musulmonlar o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar natijasida qochqinlar soni keskin oshgan.

Birma hukumati ma‘lumotlariga tayanib xabar tarqatgan BMTga ko‘ra, qochqinlar soni 22 ming 590 ga yetgan. 4665 ta uy yondirilgan yoki vayron qilingan.

BMTning aytishicha, Birmadagi zo‘ravonliklardan so‘ng, Rakxayn viloyatiga joylashib olgan qochqinlar soni hukumat keltirgan raqamlardan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Hukumat rasmiylarining so‘rovlariga qaramasdan, musulmonlar yashab kelgan joylariga qaytishdan qo‘rqmoqdalar.

Hukumat komissiyasi tarkibiga qo‘shilgan BMT vakillari aytishicha, qarovsiz jamlog‘lar, qayiqlar, orolchalar yoki tepaliklarga joylashgan qochqinlarning ahvoli juda achinarli, abgor ahvolda. Ular zudlik bilan yordamga muhtoj.

BMTning Birmaga insonparvarlik ko‘mak guruhining boshlig‘i Ashok Nigamning bildirishicha, zo‘ravonliklardan qochgan roxingalarning bir qanchasi qayiqlarda dengizga cho‘kib ketgan.

Qochqinlarga ko‘mak yetkazish ularning 21 700 tasi musulmon bo‘lgani sababli jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin.

"Vaziyat haqiqatdan og‘ir. Biz bu odamlarga tezlikda yordam berish borasida hukumat bilan ishlayapmiz", - deb aytgan Nigam.

To‘qnashuvlarda 80 dan ortiq kishi, butun-butun musulmonlar yashagan qishloqlar va Kayakpu shahrining katta qismi yondirilganini tan olgan Birma Prezidenti Teyn Seyn xavfsizlik choralarini qattiq kuchaytirishni ma‘lum qiladi.

Xalqaro Human Rights Watch inson haqlari tashkiloti Birmadagi etnik va diniy zo‘ravonliklar sahnasi bo‘lgan tumanlari butkul vayron qilinganini hujjatlashtirgan.

Shanba kuni tashkilot fazodan - yerning sun‘iy yo‘ldoshidan suratga olingan rasmlarni e‘lon qilgan edi.

BMTga ko‘ra, buddoyilar bilan musulmonlar o‘rtasida ilk bor etnik va diniy nizolar kelib chiqqan iyun oyidagi zo‘ravonliklardan keyin o‘zlarining doimiy yashab turgan joylarini tashlab qochgan insonlar soni 100 mingga yetgan.

Bu suratlarda musulmonlar yashagan butun-butun mahallalar vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin, bu hududlarga Birma buddoyilari kemalarda kelib hujum qilishgan.

Human Rights Watch vakili Fil Robertsonning BBCga aytishicha, bu zo‘ravonliklar miqyosi tobora kengayganidan dalolatdir.

Mamlakatda buddoyilar va musulmonlar o‘rtasida uzoq vaqtdan buyon ziddiyatlar davom etib keladi. Buddoyilar hukumat fuqarolik bermagan roxingalarni Birmada yashashga haqqi yo‘q deb hisoblaydi.

Muxbirlarga ko‘ra, Birma hukumati roxingalarga noqonuniy muhojirlar sifatida qarab kelgani bois, jamiyatda ularga nisbatan dushmanona kayfiyat paydo bo‘lgan.

Roxingalar

Roxingalar g‘arbiy Birmadagi til va diniy ozchilik vakillari bo‘lib, hukumat ularni Hindistondan kelgan noqonuniy muhojirlar deb biladi.

Hukumat roxinyaliklarga fuqarolikni bermagani oqibatida ko‘p insonlar o‘zlarini muhofaza qilishga qobil bo‘lmay qolganlar.

Qo‘shni Bangladeshda ham yuz mingdan ortiq birmalik qochqinlar joylashgani aytiladi.

BBC muxbiriga ko‘ra, hukumat komendantlik soati e‘lon qilgan.

Biroq bunday hujumlar oldini olish uchun hukumat Raxine shtatining Roxinyasida xavfsizlikni ta‘minlamagani, zo‘ravonliklar boshlanganida yetarlicha chora ko‘rmay, olomonning hujumlariga yo‘l qo‘yib bergani tanqid qilingan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.