BBC navigation

Ukrainada parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2012 - 13:10 GMT

Ukrainaliklar Oliy Radaga 450 deputat uchun ovoz berishadi

Bugun ertalab Ukrainada Oliy Radaga ovoz berish boshlangan.

Mamlakat fuqarolari 450 deputatni saylab oladilar. Oliy Radaga saylanish uchun besh mingga yaqin nomzod kurash olib boradi.

Parlament o‘rinlari uchun kurash asosan Prezident Viktor Yanukovichning Mintaqalar partiyasi, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoning "Batkivshina"va boks bo‘yicha jahon chempioni Vitaliy Klichko yetakchiligidagi liberal "Udar" partiyasi, kommunistlar va milliy "Svoboda" partiyalari o‘rtasida kechishi aytilmoqda.

Ovoz berish 12 soat davom etishi, natijalar dushanba kuni tushdan keyin e‘lon qilinishi kerak.

Saylovlarni 3500 ta xorijiy kuzatuvchilar, jumladan 600 ta OBSE vakillari kuzatishadi. Bu Ukrainada ilgari kuzatilmagan hol hisoblanadi.

Saylovlardan oldin hukumat byudjet taqchilligi ikki milliard dollardan oshganiga qaramasdan, davlat xizmatchilarining nafaqa va ish haqlarini oshirgan.

Shuningdek sobiq bosh vazir Timoshenkoning qamoqda qolayotganligi ham siyosiy vaziyatni taranglashtiradi.

Timoshenko tarafdorlariga ko‘ra, hukumatning bu harakati Timoshenko xonimning saylovlarda ishtirok etishiga yo‘l bermaslik uchun qilingan.

Prezident Viktor Yanukovich saylov oldi kampaniyasida Ovro‘poga integratsiyalashish Ukrainaning demokratik yo‘nalishini tasdiqlaydi.

Janob Yanukovich "Timoshenko ishi" bo‘yicha gapirar ekan, adolatni qaror toptirish ishiga aralasha olmasligini bildirgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.