BBC navigation

Ukraina: Hukumat partiyasi o‘z g‘alabasini e‘lon qildi

Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2012 - 14:43 GMT

Mintaqalar partiyasi parlament saylovlarida olingan ovozlarni sanab chiqib, kutilgani va oldindan bashorat qilinganidek ko‘p ovoz olganini ma‘lum qilgan.

Partiyaning saylov uchastkalaridagi vakillari haqqoniy kurashda g‘alaba qozonilganini aytishgan.

Oxirgi ma‘lumotlarga ko‘ra, dastlabki saylov varaqalari hisoblangandan so‘ng, boshqaruvdagi Mintaqalar partiyasi 38,63 foiz, muxolifatning "Batkivshina" partiyasi esa 20,12 foiz ovoz olgan.

Bu ikki partiyadan tashqari Radadan 15,63 foiz ovoz olgan Kommunistlar, 12, 06 foiz ovoz bilan "Udar" va 6,71 foiz ovoz bilan milliy "Svoboda" partiyasi o‘rin egallashi mumkin.

Saylov shtabida bo‘lgan BBC muxbiriga ko‘ra, partiya vakillari kayfiyatida bayramona ruhdan ko‘ra, asabiylik kuzatilgan.

Shtabda partiya vakillaridan ko‘ra, jurnalistlar va xorijlik mehmonlar ko‘p bo‘lgani kuzatilgan.

Jurnalistlar saylov oldidan partiyaning so‘zchilari doim ham bo‘lishmagani, faqat televideniyeda efir vaqtiga qarab kelib, zaldagi muxbirlarning emas balki partiya nomzodlari yonidagi matbuot xizmati xodimlarning savollariga javob berishganini aytishgan.

Saylovning dastlabki natijalaridan keyin yig‘ilgan matbuot anjumani bir nechta jurnalistlarning hukumat vakillari Nikolay Azarov va Boris Kolesnikovga bergan noqulay savollari natijasida janjal bilan tugagan.

Bosh vazir janob Azarovdan saylovdan keyin hukumatda qolishi yo yo‘qligi haqida so‘ralganda, u bunday "buzg‘unchi" savollarga javob bermasligini aytib, o‘nlab jurnalistlar, elchixon vakillari va xorijlik kuzatuvchilar o‘tirgan zalni tark etgan.

O‘z o‘rnida Nikolay Azarov Mintaqalar partiyasi boshqa partiyalar rahbarlari ham shubha qilmaydigan haqqoniy g‘alabaga erishgani va albatta Oliy Radaga kiruvchi boshqa hamkorlari bilan muzokara olib borishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.