BBC navigation

O‘zbekistonda smartfonlar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda

Сўнгги янгиланиш 29 октябр 2012 - 15:51 GMT

O‘zbekiston ham o‘z smartfonlarini ishlab chiqarmoqchi

Toshkentda o‘tgan oltinchi Xalqaro ishlab chiqarish yarmarkasida bir nechta shirkatlar o‘z mahsulotlarini namoyish qilishgan.

Tadbir davomida O‘zbekiston mobil bozori uchun ham foydali takliflar bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda yaqin muddatda mobil telefonlar, smartfon va planshetli kompyuter namunalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

23-27 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan namoyishda mingdan ortiq ishlab chiqaruvchi shirkatlar ishtirok etishgan.

Yarmarka doirasida Artel savdo belgisi ostidagi mahsulot egalari 2012 yil dekabrdan bunday telefonlarni sotuvga qo‘yishini bildirgan.

Shirkat ishlab chiqargan mahsulotlar Android tizimi ostida ishlaydi.

Xitoyning ZTE shirkati ham O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlash niyatida.

ZTE va Peng Sheng shirkati bilan hamkorlikda O‘zbekistonda UZTE kompaniyasini tashkil qilib, 2012 yilning noyabr oyidan o‘z telefonlarini ishlab chiqara boshlaydi.

Bundan oldin O‘zbekiston axborot vositalari "Uzbektelekom" va Hindistonning Olive Telecommunication shirkatlari o‘rtasida ham shu kabi hujjat imzolangani va smartfon va kompyuterlar ishlab chiqarishni rejalashtirgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, boshqa HUAWEI kompaniyasi ham O‘zbekistonda mobil telefonlarni yig‘ishga urinib ko‘rmoqchi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.