BBC navigation

Qozog‘istonda muhojir ishchilarning huquqlari kamayadi

Сўнгги янгиланиш 31 октябр 2012 - 14:30 GMT

Tojikistondan olib kelinadigan meva va sabzavotlarning bozori chaqqon

Qozog‘istonda keyingi yildan xorij fuqarolarining savdo va tadbirkorlik sohasidagi faoliyatlariga cheklashlar kiritiladi.

Yangi tartiblarga binoan, mavsumiy yollanma ishchilar yakka tartibdagi savdo va kichik tadbirkorlik bilan shug‘ullana olmaydilar.

Tojikistondan har yili ish izlab Qozog‘istonga keluvchi va Tojikistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olib kiruvchi minglab tojik gostarbayterlariga bu cheklovlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli bo‘lib, Tojik hukumati qozoq rasmiylarining bu qaroridan jiddiy tashvishga tushgan.

Qozog‘iston - yollanma ishchilar uchun jannatmi?

Qozog‘iston Rossiyadan keyin tojiklar ommaviy ravishda boradigan davlatga aylangan.

Mamlakat migratsiya xizmati raqamlariga ko‘ra, Qozog‘istonda 100 mingga yaqin yollanma ishchilar mavjud bo‘lib, uning qariiyb 70 mingi turli savdo sohalarida band bo‘lib kelishmoqda. Ularning ko‘pchiligi Tojikistonda yetishtirilgan ho‘l meva va sabzavotlarni qozoq bozorlarida sotishadi.

Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi rasmiylari ikki mamlakat hukumati bu borada til topishiga umid qilishini aytadi.

"Agar yangi qonunlar ishga tushsa, albatta o‘rtada vositachilar paydo bo‘ladi. Bu olib kelinadigan mahsulotning narxi oshishi va tezroq sotishning imkoni bo‘lmay qoladi",- deydi vazirlik vakili Zayniddin Mo‘minov.- Bizning ishchilar Qozog‘istonga tez buziladigan mahsulotlar olib kirishadi. Natijada mahsulot egalari zarar ko‘radi. Qozog‘istonda 70 mingdan ortiq tojik ishchilari borligini hisobga olsak, bu zarar sezilarli ta‘sir qiladi".

Xorij ishchilari faoliyatiga cheklovlar 2013 yil yanvaridan kuchga kiradi. Oldinroq Qozoq soliq idorasi xodimlari bozorlarga yangi tartiblarni tarqatishgan.

Aytilishicha, tartiblar asosan mavsumiy ishchilarga taaluqli bo‘ladi.

Tojikiston Migratsiya xizmatidan aytishlaricha, bu masala ikki mamlakat o‘rtasida muhokama qilinmoqda va yaqin orada bir qarorga kelinishi kutilmoqda.

Tojik muhojirlarining oqimi kuniga oshmoqda

Har kuni Tojikistondan Rossiya va Qozog‘istonga o‘nlab aviaparvozlar amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarning aksariyati esa mehnat muhojirlaridir.

Mutaxasislarning taxminlariga qaramasdan, Qozog‘iston va Rossiyaga pul topish maqsadida ketayotganlarning oqimi kamaygani yo‘q. Aksincha, Tojikistonlik mehnat muhojirlarining soni har kuni oshib bormoqda.

Tojikistonning So‘g‘d viloyatilik Davlat Jabborov 10 yil davomida Rossiyaga quruq va ho‘l meva va sabzavotlar olib borish bilan shug‘ullangan. 2010 yilda Rossiyada Tojikistonda tarqalgan poliomilet tufayli quruq mevalarni olib kirish taqiqlanganidan so‘ng, tojik tadbirkori qozoq bozoriga moslashishni boshlagan. Endi esa yangi tartib oilasini boqish uchun Qozog‘istonga ish izlab borayotgan yoki o‘z shaxsiy mahsulotlarini olib borib sotayotgan tojik muhojirlari uchun yana muammo tug‘dirishi aniq, deydi u .

Tojiq iqtisodchilari hisobiga qaraganda, millionga yaqin tojik fuqarolari muhojirlar jo‘natayotgan pul mablag‘lari hisobiga yashamoqda.

Xorijdan yuborilayotgan pul o‘tkazmalari tahlilchilarning aytishicha, mamlakat byudjeti sig‘imidan oshadi.

Mehnat muhojirlarining puli nafaqat ularning oilasini ta‘minlamoqda, iqtisodchilarga ko‘ra, mamlakat iqtisodini rivojlantirish uchun ham muhim manbaga aylangan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.