BBC navigation

Yunusoboddagi eski-tuski narsalar bozori yopilgan

Сўнгги янгиланиш 31 октябр 2012 - 12:09 GMT

Yunusobod bozorining shundoqqina oldida eski-tuski bozori bo‘lgan

Xabarlarga ko‘ra, Toshkentning Yunusobod bozorida ertalabki soatlarda, asosan shanba-yakshanba kunlari bo‘ladigan ishlatilgan buyumlar sotiladigan bozor mahalliy hokimlik tomonidan yopilgan.

O‘zbekistonda keyingi o‘n yillikda rivojlangan eski-tuski bozoriga har dam olish kunlari yuzlab odamlar chiqib savdo qilishgani ma‘lum.

"Ikkinchi Tezekovka" bozoridan nafaqat ishlatilgan buyumlar, balki do‘konlarda topilmaydigan sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan buyumlar uchun turli ehtiyot qismlari ham sotilib, aholi o‘rtasida foydali bozor sifatida qarab kelingan.

Bozorga o‘z narsalarini olib chiqqan odamlar asosan keksalar bo‘lib, o‘zlarining va tanishlari bergan har xil buyumlar - kiyim-kechak, kitoblar, idishlarni sotib davlat beradigan arzimagan nafaqa ustiga qo‘shimcha daromad qilishga harakat qilishgan.

Toshkentlik nafaqaxo‘r kishi har bozor sotgan narsalari oilasi uchun harna yordam bo‘lib turganini aytadi.

U o‘g‘li va tanishlari keltirib bergan turli ehtiyot qismlarini Yunusobod bozorida sotib kelgan.

O‘zbekistonning viloyatlaridan kelgan xaridorlar orasida eski-tuski bozori mashhur hisoblanib, har doim ham yangi kiyim sotib ololmaydigan qishloq aholisi Toshkentdan olib borilgan arzon bahodagi kiyimlarni xarid qilishgan.

Bir-ikki kun oldin bozorga kelgan militsiya xodimlari bozorda savdo qilishni taqiqlashgan. Toshkentlik suhbatdoshimiz hozir ham militsiya xodimlari bozor maydonini vaqti-vaqti bilan nazorat qilib turishganini aytadi.

Xabarlarga ko‘ra, bozorning yopilishiga bozor atrofida joylashgan yo‘l harakati buzilganidan norozi bog‘cha va maktab rahbarlarining shikoyati sabab bo‘lgan.

Toshkentning boshqa joylarida ham bunday eski-tuski bozorlari mavjud bo‘lib, ayni paytda faqat Toshkent chekkasidagi Yangiobod mavze‘sida bozor ishlashiga ruxsat berilgan.

Odamlarning aytishicha, eski-tuski bozorning shahar ko‘rinishiga ta‘sir qilgani rahbarlarga yoqmagan bo‘lishi mumkin.

Militsiya xodimlarining qarshiligiga qaramasdan, odamlar eski-tuski narsalarini shaharning aholi gavjum bozor joylarida, ba‘zan esa shundoqqina ko‘p qavatli uylarning pastida sotishga harakat qilishadi.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.