BBC navigation

Independent: "Shahzoda, shafqatsiz diktatorlik va buzilmas do‘stlik"

Сўнгги янгиланиш 1 ноябр 2012 - 13:44 GMT

Shahzoda Andryu

Britaniyada chop etiladigan Independent (The Independent) gazetasi "Shahzoda, shafqatsiz diktatorlik va buzilmas do‘stlik" sarlavhali maqolasida Britaniya shahzodasi Andryuning Ozarbayjon va Prezident Ilhom Aliyev bilan yaqin aloqalari haqida so‘z boradi.

Maqolada yozilishicha, Qirolicha Yelizaveta II ning o‘rtancha o‘g‘li shahzoda Andryu savdo-sotiq bo‘yicha elchilik vazifasi tugaganiga qaramay, Ozarbayjon bo‘yicha brifing o‘tkazishni talab qiladi.

Soliq to‘lovchilar pullarini shaxsiy uchoqlar uchun sarf qilgani, dunyoning shubhali rahbarlari bilan do‘stona aloqalari ortidan shahzoda ayni vazifasidan ketishiga majbur bo‘lgandi.

Biroq, gazeta oradan bir yil o‘tsa-da, u Ozarbayjonga qiziqishi saqlanib qolgani haqida yozadi.

"Uning yaqin do‘sti Ilhom Aliyev dunyodagi eng shafqatsiz va korruptsiyaga botgan rahbarlardan biri sanaladi", deyiladi maqolada.

Maqolada yozilishicha, shahzoda Andryu Bukingem saroyida Britaniyaning Ozarbayjondagi elchisi Piter Beytman bilan bir hafta muqaddam
uchrashuv o‘tkazgan.

"Odatda bunday uchrashuvlar tafsilotlari oshkor qilinmaydi, ammo tanqidchilarga ko‘ra, uchrashuvda muhokama etilgan biznes masalalari chegaradan chiqib ketgan".

Xalqaro Amnisti tashkilotining Ozarbayjon bo‘yicha tadqiqotchisi Nataliya Nozadzening aytishicha, odatda mazkur shaxsiy muloqotda elchi inson huquqlari toptalayotgani borasidagi masalalarni ko‘tarishiga umid bog‘lanadi.

"Elchi janoblari politsiyaning namoyishchilarga keragidan ortiq va shafqatsiz ravishda kuch qo‘llashi, bloggerlarga qarshi cheklovlar va hukumatni tanqid qilgan jurnalistlarni kaltaklash hamda qamoqqa tashlash hollarini eslatsin", deydi u.

Shahzoda Andryu Prezident Aliyevni oxirgi besh yilda sakkiz marta borib ko‘rgan.

O‘tgan yilning mart oyida sobiq elchi hukumatning uch departamentiga xat yo‘llab, shahzodadan savdo-sotiq bo‘yicha elchilik rolini olib qo‘yish so‘ralgan. Sobiq elchi, shahzoda o‘z hatti-harakatlari bilan hukumatni noqulay vaziyatga qo‘yayotganini aytgan.

Maqalada shahzoda Andryu 2008 yil Liviya mustabit rahbari Qaddofiy bilan uchrashgan, ag‘darilgan Tunis prezidentining kuyovinii Bukingem saroyidagi ziyofatga taklif etgani esga olinadi.

Independentning yozishicha, shahzodaning Ozarbayjonda o‘z manfaatlari borligi borasida turli farazlar tarqalgan. Uning Kaspiy dengizida golf oromgohi borligiga oid xabarlarni Bukengam saroyi rad etmoqda.

Gazeta "Shahzoda Andryuning Ozarbayjonga yordam berishga haqqi yo‘q" sarlavhali yana bir maqola chop etgan.

"Ozarbayjon inson huquqlari bilan bog‘liq ahvol abgorligicha qolayotgan bir paytda neftdan tushadigan dollarlari bilan Piar shirkatlarini ishga solib, o‘z imidjini yaxshilashga harakat qilayotganini tushunsa bo‘ladi. Biroq, shahzoda Andryuning Ozarbayjonga ko‘mak berish istagini na tushunib bo‘ladi, na kechirib", deb yoziladi maqolada.

Avvaliga uning savdo elchisi sifatida Ozarbayjonga qilgan ketma-ket safarlari Aliyev bilan do‘stligiga bog‘langandi.

"Endi esa, Britaniya taxtiga to‘rtinchi da‘vogar ushbu shahzodaning elchi bilan Bukingem saroyiga uchrashuv o‘tkazishi har qanday holatda ham qabul qilib bo‘lmaydigan amal", deb yozadi gazeta.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.