BBC navigation

"Sendi" to‘foni: AQShda o‘lganlar soni yuztaga yaqinlashdi

Сўнгги янгиланиш 2 ноябр 2012 - 12:14 GMT

AQSh sharqiy qirg‘oqlariga kelgan "Sendi" to‘foni oqibatida o‘lganlar soni 90 nafarda oshgan.

To‘fondan eng ko‘p Nyu-York va Nyu-Jersi zarar ko‘rgan, yoqilg‘i taqchilligi oxirgi muammolardan biriga aylangan.

Shu hafta boshida to‘xtatilgan prezident saylovoldi kampaniyasi yana qayta boshlangan.

AQSh prezidentlik saylovi kelgusi seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Nyu-York hokimi Maykl Blumberg Prezident Barak Obamani qo‘llab-quvvatlashini e‘lon qilgan.

Maykl Blumberg AQSh joriy prezidentining iqlim o‘zgarishini oldini olish yuzasidan olib borayotgan ishlarini alohida tilga olgan.

Uning aytishicha, "Sendi" to‘foni iqlim o‘zgarishiga bir misol bo‘lishi mumkin.

Unga ko‘ra, ikki nomzoddan "biri iqlim o‘zgarishiga sayyoramizga tahdid solayotgan katta muammo deb qaraydi, ikkinchisi esa yo‘q".

"Men prezidentimizdan talafotlarni bartaraf etishga saylov kampaniyasidan ko‘ra ko‘proq e‘tibor qaratishini istayman," - deb aytgan Nyu-York hokimi.

Zarar ko‘lami

"Sendi" to‘foni AQShning Atlantika okeanidagi sohillariga dushanba tunida kuchli shamol bilan urildi.

AQShning 12 shtatida 4,5 million odam hamon chiroqsiz qolmoqda.

Eqecat shirkatiga ko‘ra, Bo‘ron yetkazgan talafot Qo‘shma Shtatlarga 50 milliard dollarga tushishi mumkin.

Talafot miqdori ayni shirkatning avvalgi taxminlaridan ikki baravar ko‘pdir.

AQSh Milliy Gvardiyasi Nyu-Yorkning to‘fondan zarar ko‘rgan aholisiga bir million oziq-ovqat va ichimlik suvi tarqata boshlagan.

Nyu-York janubi-g‘arbidagi Steytn Ayland tumanida kamida 15 nafar inson o‘ligi topilgan.

Oxirgi o‘n yillarda AQShga kelgan ushbu eng kuchli to‘fon qirg‘oqqa yaqin tumanlarni yuvib ketgan, ko‘plab uylar tag-tugi bilan vayron bo‘lgan.

Yordam kechikayotgani sabab aholi g‘azabi orta boshlagan.

Nyu-York yashovchisi Tereza Konnorning Reyter axborot agentligiga aytishicha, u yashaydigan mavze "tag-tugi bilan vayron" bo‘lgan.

"Ular bizni unutishdi... Shahar hokimi Nyu-York joyida, dedi. Saylov marafoni yana boshlanib ketdi," - deb aytgan Tereza Konnor.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.