BBC navigation

"Sendi" to‘foni tufayli Nyu York marafoni qoldirilgan

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 11:24 GMT

To‘fondan kuchli zarar ko‘rgan Nyu Yorkning tabiiy hayot oqimiga tushishi qiyin kechmoqda.

Nyu York hokimi Maykl Blumbergga ko‘ra, har yili o‘tkaziladigan nufuzli Nyu York marafoni "Sendi" to‘foni bois o‘tkazilmaydigan bo‘lgan.

"Biz hozirgi sharoit marafon va uning ishtirokchilariga soya solishini istamaganimiz bois, musobaqalarni qoldirishga qaror qildik", - deb aytgan janob Blumberg.

Oldinroq, janob Blumberg "Sendi"ga bog‘liq muammolar marafonni o‘tkazishga ta‘sir qilmasligini aytgan edi.

29 oktyabrda AQShning sharqiy qirg‘og‘iga "Sendi" to‘foni yopirilib o‘lganlar soni 90dan, Nyu Yorkning o‘zida 40 dan oshgan.

To‘fondan so‘ng Nyu York va boshqa shaharlar tabiiy hayot tartibiga tushib ketishi qiyin kechmoqda.

To‘fondan zarar ko‘rgan hududlarda bo‘lgan Prezident Obama "manzara yurakni ezadigan darajada"ligini ma‘lum qilgan.

AQShning sharqiy qirg‘oqlarida 3,5 million uy va binolar, Nyu Yorkning o‘zida 1,2 million turar joylar elektr energiyasiz qolayotgani xabar qilinadi.

Yoqilg‘i quyish shahobchalaridagi uzundan-uzoq navbatlar odamlarni asabiylashtirgan.

Bundan tashqari, Nyu Jersidan Konnektikutga qadar yoqilg‘i quyish shahobchalarida uzundan-uzoq navbat paydo bo‘lgan. Nyu Jersida navbatda turgan avtomobilchi o‘zaro bahsda o‘q uzgani bois, hibsga olingan.

"Marafon 40 yil davomida Nyu York hayotining ajralmas qismi bo‘lib qolgan edi. Unda dunyoning 10 minglab kishilari qatnashishgan va millionlab odamlar tomosha qilishgan. Marafonni o‘tkazishga uncha ko‘p mablag‘ talab qilinmasa ham, to‘fondan keyin tiklash ishlari davrida qarama-qarshi fikrlarga sabab bo‘lar edi", - degan Nyu York hokimi.

Nyu York marafonida ishtirok etish uchun kelgan ko‘pchilik bu qarordan norozi bo‘lganini bildirgan.

"Bu haqda biz kelishimizdan oldin xabar qilinishi kerak edi", - deb aytgan sportchilardan biri.

Dunyodagi eng katta 47 ming yuguruvchini sig‘dirgan Nyu York marafonining bu yilgi musobaqalarida qatnashish uchun 20 ming kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘n minglab sportchilarni o‘ziga jalb qiluvchi Nyu York marafoni shahar xazinasiga har yili millionlab dollar daromad olib kelishi aytiladi.

"Sendi" to‘foni tufayli shu hafta boshida to‘xtatilgan prezident saylovoldi kampaniyasi yana qayta boshlangan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, saylovchilar fikri bo‘yicha Prezident Obama juda oz farq bilan oldinda bormoqda.

Biroq, respublikachi Mitt Romni saylovda g‘alaba qozonishi uchun to‘qqizta muhim shtatda ko‘p ovoz olishi lozim bo‘ladi.

AQSh prezidentlik saylovi seshanba kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Nyu-York hokimi Maykl Blumberg tabiiy falokat paytida Prezident Obamaning oqilona yo‘l tutganligini aytib, saylovlarda uni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.