BBC navigation

BBC mehmoni - taniqli inson huquqlari faoli Bahrom Hamroyevga savol bering

Сўнгги янгиланиш 5 ноябр 2012 - 17:27 GMT

Bahrom Hamroyev Rossiyada Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlari huquqlarini himoya qilib keladi

Markaziy Osiyo Siyosiy Qochqinlar jamiyatining prezidenti Bahrom Hamroyev bbcuzbek.com o‘quvchilari va tinglovchilarimizning savollariga javob beradi.

Moskvadagi "Memorial" inson huquqlarini himoya qilish markazining Markaziy Osiyo bo‘yicha eksperti Bahrom Hamroyevga savollaringizni sahifamiz ostidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

Janob Hamroyev 20 yildan buyon Rossiyada Markaziy Osiyolik mehnat muhojirlari, siyosiy va diniy qochqinlar huquqlarini himoya qilib keladi.

Bahrom Hamroyev 1963 yil 12 oktyabrida Buxoro viloyati G‘ijduvon shahrida tug‘ilgan.

1991-yilda Buxoro Texnologiya Institutini tamomlagan.

Uylangan, bir qizi bor.

Siyosiy va huquqbonlik faoliyatini talabalik yillaridan boshlagan. Birlik Xalq Harakatining Markaziy Kengashi a‘zosi bo‘lgan.

Bahrom Hamroyev O‘zbekistonda ta‘qib va tazyiqlar ostida qolgach, 1992 yilda O‘zbekistonni tark etganini aytadi.

Rossiyada ekan O‘zbekiston huquq-tartibot organlarining so‘rovi bilan bir necha bor qamoqqa olingan.

Inson huquqlari faollari janob Hamroyevni Rossiyadagi ilk o‘zbekistonlik vijdon tutquni hisoblashadi.

2005 yil Andijonda yuz bergan qonli voqealardan keyin Markaziy Osiyo Siyosiy Kochkinlar jamiyatini tuzgan.

Kasbiy faoliyati, asosan, Markaziy Osiyodan bo‘lgan mehnat muhojirlari, siyosiy va diniy qochqinlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.