BBC navigation

Qirg‘izistondagi maktablarda reketchilik avj olgan

Сўнгги янгиланиш 6 ноябр 2012 - 16:52 GMT

So‘nggi yillarda Qirg‘izistonda maktab o‘quvchilari orasida tengdoshlarini reket qilish hollari ko‘paygan.

Ayrim hodisalar qattiq kaltaklash natijasida og‘ir tan jarohati yetkazish va hatto, o‘lim hollari bilan nihoya topishi aytiladi.

Hukumat idoralari bunday hollarga qarshi imkon qadar kurashayotganini aytsa-da, reketchilik mamlakatda qanchalar keng tarqalgani borasida aniq statistik raqamlarni keltirish mushkulligicha qolmoqda.

"Bolalar huquqlarini himoya qilish ligasi" boshlig‘i Nozgul Turdibekovaga ko‘ra, ba‘zan bu ishlarga militsiya xodimlarining o‘zlari ham bosh qo‘shishadi.

"Mamlakat shimolidagi Qozog‘iston bilan tutash Talas viloyatida o‘tgan yil tengdoshlari tahdidlariga uchrab, pulidan ayrilgan o‘smirlardan biri militsiyaning voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektsiyasiga murojaat qilgan. Shunda, militsiya xodimining o‘zi bezori bolalarga borib: "Ustilaringdan shikoyat qilayotgan bolaning og‘zini yopmaysizlarmi?" deb aytgan", deydi Nozgul Turdibekova.

Nodavlat tashkilot faolining aytishicha, o‘tgan yil Issiq Ko‘l Tyup tumanida o‘z sinfdoshlarining pul undirish maqsadidagi muntazam tazyiqlari tufayli bir o‘smir hayotdan ko‘z yumgan.

Qayg‘uli hodisalardan biri mamlakat janubidagi Jalolobod viloyati Bozorqo‘rg‘on tumanida ham sodir etilgan.

Huquq faollari bunday hollari yuzaki qaraganda ko‘zga tashlanganidan anchayin ko‘p ekanini aytishadi.

Haqiqiy manzarani ochish imkonsiz qolayotgani maktab rahbariyatidan tortib, mahalliy hokimiyat, bolalar orasida huquqbuzarlik hollari bilan shug‘ullanuvchi organlarning bunday hodisalarni yashirishga urinishlari bilan izohlanadi.

"Biz qariyb 2,5 ming maktab o‘quvchilari ishtirokida maxsus tadqiqot o‘tkazdik. Ular bergan ma‘lumotlarga qaraganda, mamlakatdagi har bir maktabda reket qilish hollari kuzatiladi. Ammo, hali ham vaziyatni yaxshilash imkoniyatlari yo‘q emas", deydi Nozgul Turdibekova.

Xalqaro va nodavlat tashkilotlar voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan militsiya idoralarini mutlaqo o‘zgartirish lozimligi va Ichki ishlar vazirligida faqat maktab o‘quvchilari orasida qonunbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha maxsus boshqarma tuzish lozimligini aytishadi.

"Mahalliy mulozimlar ota-onalar bilan ham birga ishlashlari lozim", deydi inson huquqlari faoli.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.tolqunbek

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.