BBC navigation

O‘zbekistonda kommunikatsiya tizimi qanday darajada?

Сўнгги янгиланиш 6 ноябр 2012 - 14:54 GMT

Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi yaqinda chop qilgan hisobotida mobil aloqa sohasida rivojlangan mamlakatlar ro‘yxatini keltirgan.

Ro‘yxatga qaralganda, bu sohada Lotin Amerikasida Braziliya, MDH davlatlari orasida esa, Qozog‘iston yetakchilik qiladi.

Tashkilot vaziyatni o‘rganish uchun bir necha ko‘rsatkichlarni ishlab chiqqan. Ularga ko‘ra, telekommunikatsiya infratuzulmasi odamlar hayotiga qanchalar tadbiq etilgani hisobga olingan. Hisobotda 155 mamlakat orasidan O‘zbekiston 102 o‘rinda keladi.

Biz Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi statistik tadqiqotlar bo‘limi tahlilchisi Ivan Vallexo Vallga bog‘landik va O‘zbekistonda kommunikatsiya tizimi qanday darajada rivojlangani haqida so‘radik:

Ivan Vallexo Vall: Hisobotimizda MDH mamlakatlari orasida Informatika va axborot texnologiyalari taraqqiyoti bo‘yicha Qozog‘iston o‘z dinamikasi bilan ajralib turadi. Undan keyin Belarus va Gurjiston keladi. O‘zbekiston Turkmaniston bilan birga shkalamizning eng pastki o‘rinlarida turibdi. 155 mamlakat ichidan O‘zbekiston 102-o‘rinda, Turkmaniston 110-o‘rinni egalladi. Bu xulosa butun MDH davlatlaridagi vaziyat o‘rganib chiqilgach olindi.

BBC: Hisobotni Sizlar qanday xalqaro andazalarga tayanib, qanday ko‘rsatkichlar asosida tayyorlagansizlar?

Ivan Vallexo Vall: Biz informatika va kommunikatsiya texnologiyasi mamlakatlarda qanchalar kenga rivojlanganini bilish uchun Indeks, ya‘ni ko‘rsatkich ishlab chiqdik. Bu ko‘rsatkichda odamlarning informatikaga ega bo‘lish va undan foydalanish hamda odamlarning bu sohadagi bilimlari darajasi hisobga olinadi. Uyali telefon xizmatlari qanchalik odamlarning hayotiga kirib borganini ham o‘rganganmiz.

BBC: Hisobotingiz natijalariga yaqinda O‘zbekistondagi eng yirik va 9 million mijozga xizmat ko‘rsatgan "O‘zdunrobita" uyali aloqa shirkati o‘z faoliyatini to‘xtatgani bilan bog‘liq mojarolar va yo uning ta‘siri ham hisobga olinganmi?

Ivan Vallexo Vall: Bunday mojarodan keyin mijozlar huquqlarini himoya qilishga ko‘p urg‘u berish kerak, deb o‘ylamayman. Biroq, O‘zbekistondan kelayotgan raqamlarga nazar tashlasak, shuni aytishim mumkinki, MDH mamlakatlarida uyali telefon aloqa xizmati keng ko‘lamda, 100 foizdan ko‘proqni tashkil etadi. Biroq, O‘zbekiston ichkarisida bu raqam 100 foizdan pastroq. O‘zbekistonda aloqa infratuzulmasini rivojlantirishda ish ko‘proq talab qilinadi. Lekin, biz inftratuzulma yaxshi rivojlanmaganiga guvoh bo‘layapmiz.

BBC: Xorijiy sarmoyadorlar uchun, ayniqsa, Shvetsiya-Finlandiya mobil aloqa shirkati Teliasonera bilan bog‘liq oshkor bo‘lgan mumamolardan so‘ng O‘zbekiston mobil telefonlari bozorini qanday ko‘radilar?

Ivan Vallexo Vall: Agar biz uyali aloqa xarajatlarini odamlar oyliklari bilan solishtirsak, O‘zbekiston raqobatga bardosh bera oladigan mamlakat sifatida ko‘rinadi, chunki u yerda bir necha mobil operatorlari faoliyat yurgizadi. Ular qatorida siz tilga olgan qatori xam siz aytib o‘tgan Teliasonera ham bor. Va orada tijoriy raqobatchilik rivojlangan. O‘zbekistonda mobil aloqa uchun belgilangan narxlar qimmat emas. Boshqa tomondan, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida mobil aloqa xizmatining keyingi avlod xizmatini yo‘lga qo‘yishda birinchi mamalkat bo‘lgan. Ya‘ni, endi 3G emas, 4G xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu esa, texnologiyaning kelajagi deb hisoblanadi. Lekin, mamlakat iqtisodi rivojlanishi uchun mobil telefonlari keng tarqalishi emas, balki aloqa infratuzilmasi o‘rnatilishi kerak. Misol uchun, turli xizmatlarni o‘z ichiga oladigan mobil telefonlari oylik xizmat paketi juda qimmat, ya‘ni interenetga ulanish imkoniyati hali ham past darajada.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.